Farğonada hokim yordamçilari va bank masʼullari qölga tuşdi

Farğonada hokim yordamçilari va bank masʼullari qölga tuşdi

Farğona viloyatida bank masʼullari va hokim yordamçilarining qinğir işlari foş böldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Aktsiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning Özbekiston bank xizmatlari markazida işlovçi mahalla bankiri mazkur markaz boşqaruvçisi örinbosari bilan özaro til biriktirib, 2 nafar fuqaro nomiga 66 mln söm kredit ajratib beriş evaziga 10 mln söm talab qiladi.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mahalla bankiri söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Tergovga qadar tekşiruv davomida, u kredit ajratib beriş uçun muqaddam 600 ming söm, bank boşqaruvçisi örinbosari esa 920 ming söm olganligi aniqlandi. 

Şuningdek, “Xalq banki” Özbekiston BXM mansabdor şaxslari, Özbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yiğinlaridagi 2 nafar hokim yordamçisi va ulgurji savdoga ixtisoslaşgan MÇJ rahbari soxta hujjatlar asosida boşqa fuqarolar nomiga 153 mln söm miqdorida maqsadsiz kredit ajratilişiga erişib, ularni naqdlaştirib, talon-toroj qilgani ham maʼlum böldi. 

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlum qilinişiça, BXM boşqaruvçisi örinbosari 2000 va 2015 yillarda Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi va 211-moddasi (pora beriş) 1-qismi bilan sudlangan bölsada, öz xatolaridan töğri xulosa çiqarmagan.


Teglar:
×