Ikki tumanning hokim yordamçilari qölga olindi

Ikki tumanning hokim yordamçilari qölga olindi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda joylarda ötkazilgan tekşiruvlar davomida qonunbuzilişi holatlari aniqlandi.

Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanidagi mahallalardan biridagi hokim yordamçisi 33 nafar fuqaroga imtiyozli kredit mablağlari ajratiş maqsadga muvofiqligi töğrisida tavsiyanomalar rasmiylaştirib, ular nomiga bankdan jami 1 mlrd. 88 mln. söm miqdorida kredit mablağlari ajratilişiga muvaffaq bölgan.

Söngra özining tanişi bölgan fuqaro nomiga masʼuliyati çeklangan jamiyat taşkilib qilib, amalda uni norasmiy tarzda boşqarib, 1 mlrd. 88 mln. sömni göyoki turli xil mahsulotlar xarid qiliş uçun mazkur MÇJ hisob raqamiga ötkazgan va naqdlaştiriş orqali talon-toroj qilgan.

Bundan taşqari, hokim yordamçisi özining turmuş örtoği va singlisi nomiga olingan jami 65,9 mln. söm kredit mablağlarini ham maqsadsiz sarflab yuborgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 228-moddalari (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa Ğijduvon tumanidagi mahallalardan biridagi hokim yordamçisi 26 nafar fuqaroga yirik va mayda şoxli çorva mollari sotib olişlari uçun imtiyozli kredit mablağlari ajratiş maqsadga muvofiqligi töğrisida tavsiyanomlar rasmiylaştirib, ular nomiga bankdan jami 821 mln. 858 ming söm miqdorida kredit mablağlari ajratilişiga erişgan.

Söngra mazkur fuqarolarni aldab, kredit mablağlari evaziga taʼminotçi korxonlardan 26 kişi uçun ajratilgan çorva mollarini soxta hujjatlar asosida qabul qilib, ularni boşqa şaxslarga sotib yuboriş orqali 821 mln. 858 ming söm miqdoridagi mablağni talon-toroj qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 209-moddalari (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×