Internetda Rossiyaning maxfiy yadroviy bazalariga oid hujjatlar tarqalib ketdi

Internetda Rossiyaning maxfiy yadroviy bazalariga oid hujjatlar tarqalib ketdi

Internetda Rossiyadagi maxfiy yadro inşootlariga oid yirik maʼlumotlar sizib çiqdi. 2 milliondan ortiq hujjat, jumladan, Yasniy şahridagi Strategik raketa kuçlari bazasining töliq sxemalari oçiq tarmoqda paydo bölgan. Bu haqda Daniyaning “Danwatch” va Germaniyaning “Der Spiegel” naşrlari xabar berdi.

“Danwatch”ning maʼlumotiga köra, uşbu hujjatlar orqali Rossiyaning eng qattiq qöriqlanadigan yadro obʼektlarida amalga oşirilayotgan modernizatsiya kölamini baholaş mumkin. Sobiq inşootlar ommaviy tarzda buzilib, yuzlab yangi kazarmalar, qöriqlaş minoralari, boşqaruv markazlari, omborlar va kilometrlab uzunlikdagi yerosti tunnel tarmoqlari barpo etilgan.

Amerika Fanlar federatsiyasi qoşidagi “Yadro maʼlumotlari” loyihasi rahbari Hans Kristensen bu hujjatlarni “mutlaqo aql bovar qilmas” deb atagan va ularning oçiq şaklda bölişi ilgari kuzatilmaganini taʼkidlagan.

Tadqiqotçilar Yasniy şahri yaqinidagi bazani batafsil örganib çiqqan. Kreml bayonotiga köra, u yerda 2019 yildan boşlab “Avangard” gipertovuşli yadroviy raketasi joylaştirilgan. Endi esa bu baza haqida hojatxonadan tortib ovqatlaniş xonasigaça, yerosti tunnel yöllari, qurol xonalari, axborot texnologiyalari, kuzatuv tizimlari, kameralar, harbiy signalizatsiyalar, himoyalangan deraza va eşiklar, kommunal tarmoqlar, hattoki devorlardagi plakatlar mazmunigaça bölgan tafsilotlar oçilgan.

“Töxta! Orqaga qayt! Taqiqlangan hudud!”, “Harbiy qasamyod”, “Poyabzalga ğamxörlik qiliş qoidalari” kabi yozuvlar bor inşoot devorlarida.

Şuningdek, harbiylar foydalanadigan sport anjomlari, böş vaqtlarda şaxmat va şaşka öynaşlari haqida maʼlumotlar ham oşkor bölgan. Buyuk Britaniya harbiy razvedkasi sobiq polkovnigi Filipp Ingram bunday hujjatlar “yuqori darajadagi razvedka”ga teng bölişi mumkinligini, hatto zaif joylarni aniqlaş va hujum rejalarini tuziş imkonini berişini aytgan.

Norvegiya harbiy akademiyasi qoşidagi ştab kolleji katta öqituvçisi Tom Ryoset Rossiyaning yadro salohiyati Ğarb razvedka xizmatlari tomonidan diqqat bilan kuzatilayotganini maʼlum qilgan.

“Rossiya yadro qurollariga tobora köproq tayana boşladi va ularni Ğarbga qarşi asosiy tiyib turuvçi omil sifatida körayapti”, deya bayonot bergan Daniya harbiy razvedkasi.

Qayd etilişiça, 2020 yil dekabrida Rossiya Davlat dumasi harbiy sohadagi davlat xaridlarini soddalaştiriş örniga yopiq tizimga ötkazgan. Mudofaa vazirligi faqat işonçli kompaniyalar uçun möljallangan maxfiy elektron bazani yaratgan. Biroq bu axborot sizişining oldini ola olmagan – kompaniyalar yillar davomida maxfiy hujjatlarni oçiq eʼlon qilgan.

“Danwatch” va “Der Spiegel” 2024 yil yozida eʼlon qilingan bir qança tender hujjatlariga ilova qilingan strategik bazalarning maxfiy çizmalarini aniqlagan.

“Rossiyaning strategik raketa kuçlari – bu harbiy zaxiraning “oxirgi çorasi” bölib, faqat barça umidlar yöqolganda işga tuşiriladi. Yasniydagi ikki baza hozirda yuqori jangovar holatda, ammo xavfsizlikning bu darajadagi buzilişi tufayli Rossiya bu inşootlarni qayta qurişi zarur bölişi mumkin. Bunday qayta qurilişlar esa nihoyatda katta xarajatlarga tuşadi”, deydi Tom Ryoset.

Rossiya Mudofaa vazirligi hali bu borada izoh bermagan.


Teglar:
×