Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida öquvçilarga umumtaʼlim fanlardan milliy sertifikat imtihonlarining javoblari sotilgani haqida xabar tarqaldi. Bundan taşqari, buxorolik fuqarolar test javoblarini öquvçilarga yodlatgani aytilmoqda. Davlat test markazi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, hozirga qadar kimyo, biologiya, matematika hamda ona tili va adabiyot (özbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan 2 marotaba milliy sertifikat uçun test sinovlari taşkil etildi. Test sinovlari jarayoni töliq videokuzatuv kameralari ostida ötkazildi.

Test materiallari Davlat feldʼegerlik xizmati xodimlari tomonidan test sinovi ötkaziladigan binolarga maxsus transport vositalari orqali maxfiylik taʼminlangan holda test sinovi boşlanişidan bir soat oldin yetkazilgan. Test sinovlari töliq yakunlangandan söng Davlat feldʼegerlik xizmati xodimlari muhrlangan maxsus qoplardagi test materiallarini Davlat test markazi xodimlaridan qabul qilib oldi va barça materiallar töliq holda Davlat test markaziga qayta yetkazilişi taʼminlagan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan maqolalarda keltirilgan kimyo fanidan test topşiriqlarining ayrimlari 11 may kuni ötkazilgan jarayonga tegişli bölib, 9 iyun kuni ötkazilgan imtihonda mazkur test topşiriqlaridan foydalanilmagan. Biologiya fani böyiça keltirilgan test topşiriqlari haqiqatan ham 10 iyun kuni ötkazilgan test sinovlariga oid. Biroq u test sinovi ötkazib bölinganidan keyin test sinoviga kirgan şaxslar tomonidan yodlab çiqilgan savollar asosida juda köplab xatolar bilan kompyuterda terilganligi, rasmli test topşiriqlarida rasmlarning keltirilmaganligi aniqlandi.
Olingan oxirgi maʼlumotlarga köra, ayrim öquv markazlari tomonidan “bu savollar tuşadi” bahonasida tayyorlangan savollar jamlanmasi şaxslarga sotilganligi maʼlum böldi”, deyiladi DTM xabarida.
Maʼlum qilinişiça, bugungi kunda mazkur holatlar böyiça tegişli huquqni muhofaza qiliş organlari va Davlat test markazi hamkorligida tekşiriş işlari olib borilmoqda.
Manba: Qalampir.uz









