Ijtimoiy tarmoqlarda qator test savollari tarqalib, ular 2021-2022-öquv yili uçun ötkaziladigan imtihonlarda qöllaniladigan savollarning “X” varianti ekani aytildi.
Davlat test markazi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda «X variant» deya tarqatilayotgan test topşiriqlari 2021-2022-öquv yili uçun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga kiriş test sinovlariga tegişli emasligini va Davlat test markazi bazasida bunday test topşiriqlari mavjud emasligini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Davlat test markazi barça abituriyentlar va ularning ota-onalaridan turli asossiz maʼlumotlarga işonmasliklarini va firibgarlar tuzoğiga tuşib qolişdan ehtiyot bölişlarini söramoqda.









