Suratlari tarqalib ketgan farğonalik ayol deputatlik nomzodidan voz keçdi

Suratlari tarqalib ketgan farğonalik ayol deputatlik nomzodidan voz keçdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayolning nomzodi şahar kengaşi deputatligiga Ekologik partiya tomonidan 25-“Marğilon” okrugidan körsatilgan bölib, u xususiy korxona rahbari bölib işlaydi.

Saylov kodeksining 42-moddasiga köra, şov-şuvlarga sabab bölgan ayol şahar saylov komissiyasiga 23 noyabr kuni nomzodlikdan voz keçiş böyiça ariza bilan murojaat qilgan. Saylov komissiyasining qaroriga asosan u nomzodlar röyxatidan çiqarilgan.

Ekologik partiya Farğona şahar kengaşining maʼlum qilişiça, bu şaxsni nomzod etib körsatiş töğrisidagi partiya qarori bekor qilingan.

×