“Al-Nasr” Ronaldu bilan xayrlaşişga tayyorgarlik körmoqda – OAV

“Al-Nasr” Ronaldu bilan xayrlaşişga tayyorgarlik körmoqda – OAV

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubi jamoaning portugaliyalik hujumçisi, megayulduz Kriştianu Ronaldu bilan xayrlaşiş niyatida. Bu haqda “Marca” naşri xabar berdi.

Naşrga köra, bugun, 29 may kuni klub matbuot anjumani ötkazadi va unda tarkib hamda maʼmuriyat darajasidagi köplab özgarişlar eʼlon qilinadi.

Maʼlumot uçun, “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni çempionatining yakuniy jadvalida 70 oçko bilan uçinçi örinni egalladi. Çempion bölgan “Al-Ittihod” bilan farq 13 oçkoni taşkil etdi. Kriştianu Ronaldu esa 25 ta gol bilan musobaqaning eng yaxşi töpurariga aylandi.

40 yoşli portugaliyalik futbolçi 2023 yildan beri saudiyalik klub şarafini himoya qilib kelmoqda. Uning şartnomasi şu yozda yakuniga yetadi.


Teglar:
×