Ronaldu “Al-Nasr”ni tark etişga yaqin

Ronaldu “Al-Nasr”ni tark etişga yaqin

Keça, 26 may kuni Saudiya Arabistonida 2024/25-yilgi mavsum yakunlandi. Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu töp suradigan “Al-Nasr” klubi mamlakat çempionatida 3-örinni egalladi.

Mavsumning sönggi öyinidan söng portugaliyalik futbolçi hozirgi jamoasidan ketişiga işora qildi.

“Bu bob yakunlandi. Tarix esa hali yozilmoqda. Hammadan minnatdorman”, deb yozdi u.

Futbolçining dösti va joriy yil fevral oyida undan intervyu olgan Edu Agirrening maʼlum qilişiça, Ronaldu klub bilan şartnomani uzaytirmagan.

“U şartnomani uzaytirmadi. Imkoniyatlar oçiq”, dedi Agirre.

Maʼlumot uçun, ötgan mavsumda Kriştianu Ronaldu Saudiya Arabistoni çempionatida 30 ta öyinda maydonga tuşib, 25 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oşirdi. Uning “Al-Nasr” bilan şartnomasi 30 iyunga tuzilgan.


Teglar:
×