Bugun BAAga qarşi muhim öyin. Futbolçilarimiz qanday tayyorgarlik körmoqda? (foto)

Bugun BAAga qarşi muhim öyin. Futbolçilarimiz qanday tayyorgarlik körmoqda? (foto)

Bugun Bangkokdagi «Rajamangala» öyingohida Özbekiston olimpiya jamoasi BAAga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 18.15da boşlanişi lozim.

Uçraşuv juda katta ahamiyatga ega — dovga Tokio Olimpiadasi yöllanmasi tikilgan. Ğalaba qozongan jamoa bu yöllanmaga juda yaqin keladi.

Futbolçilarimiz bu uçraşuvga qanday tayyorgarlik körayotgani va şunçaki kundalik hayoti haqidagi fotosuratlar ÖFA matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.

MOQ tomonidan xabar qilinişiça, vakillarimiz keça kunning birinçi birinçi yarmida nonuştadan söng kunduzgi sayr va yengil maşqlarni olib borişdi. Jamoamiz murabbiyi Lyubinko Druloviç esa tuşda raqib murabbiyi bilan öyinoldi matbuot-anjumanida iştirok etdi.

Kunning ikkinçi yarmida futbolçilarimiz bölajak bahsdan avval sönggi maşğulotga yöl olişdi. Murabbiylar ştabi uşbu maşğulot orqali futbolçilarning tayyorgarligini har tomonlama tekşirib oldi. Maşğulot yakuniga yetgaç qisqa tiklaniş muolajasi ham qabul qilindi.

Jamoa menejeri Aziz Döstmuhammedov bu vaqt oraliğida jamoamizning ertangi öyinga futbolçilarimizning barça kiyimlarini tayyorlaş bilan ovora. Darvoqe, terma jamoamiz bugun 18:15 da start oladigan bahsda kök libosda harakat qiladi.

Yigitlarimiz maşğulotda ança ter tökkani aniq. Yöqotilgan energiyaning örnini esa özbekona taomlar qoplab beradi. Jamoamiz şu tariqa keçki ovqat bilan birga keçagi kunni ham yuqori kayfiyatda yakunladi.

×