Ronadu “Al-Nasr” bilan Saudiya çempioni böldi

Ronadu “Al-Nasr” bilan Saudiya çempioni böldi

Keça, 21 may kuni “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni Pro Ligasinining 34-turida “Damak”ni mağlub etib, mamlakat çempioniga aylandi.


Ar-Riyodda bölib ötgan uçraşuv 4:1 hisobida yakunlandi. Ğalabaga Kriştianu Ronalduning dubli (62, 80-daqiqalar) katta hissa qöşdi.


Şuningdek, Sadio Mane (34) va Kingsli Koman (52) ham gol urdi. Mehmonlar safida esa Morlay Silla 57-daqiqada penaltidan aniq zarba yölladi.


41 yoşli Ronaldu bu mavsum çempionatda 28 ta gol urib, jamoasining eng yaxşi töpurariga aylandi. U ikkinçi örinni egallagan vatandoşi Joau Feliksdan sakkizta golga özib ketdi. Şuningdek, portugaliyalik yulduz ligada “Al-Ahli” safida 32 ta gol urgan Ivan Tounidan keyin töpurarlar jadvalida ikkinçi örinni qayd etdi.


“Al-Nasr” Ronaldu 2023 yil yanvar oyida klubga qöşilganidan buyon ilk bor mamlakat çempionligini qölga kiritdi.



Bu portugaliyalik futbolçining klub safidagi ikkinçi sovrini böldi. U bungaça 2023 yil avgust oyida Arab çempionlari kubogini yutib olgan edi.

Maʼlumot uçun, Ronalduning “An-Nasr”ga kelguniga qadargi sönggi sovrini 2021 yil may oyida “Yuventus” bilan qölga kiritilgan Italiya Kubogi bölgan.


Teglar:
×