5 karra “Oltin töp” sohibi Kriştianu Ronaldu faoliyatini Yevropadan taşqarida davom ettirgaç, qança işlab topgani maʼlum böldi.
Maʼlumotlarga köra, 40 yoşli hujumçi “An Nasr”da yiliga 177 mln, haftasiga 3 403 846 funt maoş oladi. Bunça summa bilan Ronaldu eng köp maoş oladigan sportçiga aylangan. Futbolçi Riyod klubida 107 öyinda 97 gol urdi va uning transferidan keyin köplab yulduzlar Saudiya ligasiga keldi.
Qayd etilişiça, 2023 yil 1 yanvarda imzolangan şartnoma böyiça Kriştianu hozirgaça 411 mln funt işladi: 354 mln funt avvalgi ikki yil uçun va 2025 yilda 57 mln funt.
“Forbes” xabariga köra, portugaliyalik yulduz 2024 yilda maydonda 200 mln dollar va uning taşqarisida 60 mln dollar (“Nike”, “Binance”, “Herbalife”, “Eraku”, “Whoop” va boşqalardan kompaniyalar bilan hamkorlikdan) işlab topgan.
Şuningdek, Kriştianu YouTube'dan ham daromad körmoqda. Uning “UR – Cristiano” kanalida 75 million obunaçi bor va körişlar soni 840 milliondan ötgan.
Ronalduning “Al-Nasr” bilan şartnomasi 30 iyunda tugaydi va avvalroq klub u bilan şartnomani uzaytirmoqçimasligini maʼlum qilgan.









