Rossiyaning Moskva şahrida Qozoğiston hududida juda katta miqdordagi firibgarlikda gumonlanayotgan Özbekiston fuqarosi qölga olindi. Bu haqda Qozoğiston Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Xabarga köra, Qozoğiston kriminal politsiyasi xodimlari Rossiyadagi hamkasblari bilan hamkorlikda Moskvaning markazida 2012 yildan beri xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosini uşlaşga muvaffaq bölgan.
“13 yil oldin gumonlanuvçi qalbaki hujjatlardan foydalangan holda Qozoğistondagi banklardan birining hisobidan katta miqdordagi mablağni firibgarlik yöli bilan yeçib olgan. Jinoyat sodir etilganidan söng u Qozoğiston hududini tark etgan va şundan söng unga nisbatan davlatlararo qidiruv eʼlon qilingan edi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Qayd etilişiça, Qozoğiston Içki işlar vazirligining söroviga binoan Rossiya tomoni gumonlanuvçini ekstraditsiya qiliş töğrisida qaror qabul qilgan. Ayni paytda u bilan Qozoğiston huquqni muhofaza qiluvçi organlari xodimlari işlamoqda.









