Voyaga yetmagan qizga jinsiy tajovuz qilgan özbekistonlik Rossiyada uşlandi

Voyaga yetmagan qizga jinsiy tajovuz qilgan özbekistonlik Rossiyada uşlandi

Özbekistonda voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy tajovuzda gumonlanib, davlatlararo qidiruvga berilgan Özbekiston fuqarosi Rossiyaning Astraxan viloyatida uşlandi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligining Astraxan viloyati böyiça boşqarmasiga tayanib, TASS agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 2004 yilda tuğilgan fuqaro Rossiyadan Karauzek avtomobil ötkaziş punkti orqali çiqib ketişga uringan. Tekşiruv davomida uning xalqaro qidiruvda ekani aniqlangan.

Maʼlumotlarga köra, joriy yilning mart oyida unga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 128-moddasi (16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi ham tayinlangan.


Şuningdek, migratsiya xizmati xodimlari tekşiruv vaqtida erkak Rossiyada noqonuniy bölib turganini aniqlagan. U bir neça oy davomida Volgograd viloyatidagi quriliş obʼektlarida işlagan.

Rossiyada böliş qoidalarini buzgani uçun erkak Rossiya Federatsiyasi Maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksining 18.8-moddasi 1.1-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Rasmiylarga köra, gumonlanuvçi Migratsiya departamenti xodimlari, Rossiya Içki işlar vazirligining Krasnoyarsk tumani böyiça bölimi jinoyat qidiruv xodimlari hamda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Qalmoğiston Respublikasi va Astraxan viloyati böyiça çegara boşqarmasi xodimlari hamkorligida qölga olingan.

Hozirda uning Özbekistonga ekstraditsiya qilinişi kutilmoqda.


Teglar:
×