Uzoq yillardan buyon xalqaro qidiruvda bölgan ikki nafar Özbekiston fuqarosi Turkiyada aniqlandi va qölga olindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
.jpg)
Qayd etilişiça, Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasidagi hamkorlik natijasida Istanbul şahrida uzoq yillardan buyon xalqaro qidiruvda bölgan ikki nafar Özbekiston fuqarosi qölga olingan.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi (bosqinçilik) bilan ayblanib, 2017 yildan buyon qidiruvda bölgan F.F.N. Turkiyada uşlangan. Şu tariqa, uning qariyb 9 yil davomida tergov va javobgarlikdan yaşirinib yurişiga çek qöyilgan.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan ayblanib, xalqaro qidiruvda bölgan A.M.A. ham qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur şaxslar belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topşirilgan. Hozirda ularga nisbatan tegişli tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.
“Özbekiston va Turkiya vakolatli idoralari örtasida jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, xalqaro qidiruvdagi şaxslarni aniqlaş va ularning javobgarlikdan qoçib yurişiga yöl qöymaslik borasidagi hamkorlik izçil davom etmoqda“, deyiladi xabarda.









