Buxoroda tört yildan beri gazsiz yaşayotgan nogironga OAV aralaşuvi bilan bir kunda gaz berildi

Buxoroda tört yildan beri gazsiz yaşayotgan nogironga OAV aralaşuvi bilan bir kunda gaz berildi

Buxoro viloyatida tört yildan buyon sovuq qişda gazsiz yaşab kelayotgan nogiron fuqaroga «Daryo» muxbiri aralaşuvi bilan bir kunda tabiiy gaz ulab berildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar berdi.

Buxoro viloyatining Kogon şahrida yaşovçi 72 yoşli fuqaro Naim Saidovdan kelgan murojaatga köra, «Daryo» muxbiri muammoni örganiş uçun keçki payt soat 20:30 da fuqaro xonadonida böldi.

Ikki yon tomoni begona öt-ölanlaru xas-haşaklar bilan qoplangan, öydim-çuqur, asfaltlanmagan va taʼmirtalab tor yöllar oralab, belgilangan manzilga bordik. Atrofdagi noxuş hid dimoğni böğadi. Xonadonlarga olib boruvçi köçalarda çiroq yöq. Zim-ziyo. Avtomaşina çiroqlari yordamida hovliga kirdik. «Tökilib» qolgan xonada tört yildan buyon qiş çillasini gazsiz ötkazayotgan fuqaro Naim Saidov bir ahvolda yotardi.

Xona sovuq. Töşaklar namiqqan. Qiş kunida köpçilik aholi elektr energiyasi taʼminotidan haddan ziyod foydalanişga majburligi boismi, svet ğira-şira yoritadi. Xonaning sovuqligiga yarim soat yoki uzoği bilan bir soatça çidaş mumkindir. Lekin ikki yilça oldin oyoği sinib, yurolmaydigan ahvolga kelgan Naim Saidov tört yildan buyon şu ahvolda yaşaşga majbur.

«Aksiga olib, közimda ‘katarakta’ va ‘glaukoma’ xastaligi bor. Jismoniy mehnatga layoqatsizman. Qiynalib ketdim. Uyimda tabiiy gaz, gaz plitasi yoki peçka ham, ovqat tayyorlab yoki çoy qaynatib içişga ham şaroit yöq. Moddiy imkoniyatim yetarli emasligi sababli kasalxonada davolana olmayman. Sovuqda közim battar xiralaşyapti», — deydi Naim Saidov.

Fuqaro tört yildan buyon murojaatlarini özgalar orqali turli idora, taşkilotlarga oğzaki yetkazgan. Lekin oğzaki murojaatlari qanoatlantirilmagan va natija bölmagan.

2020 yilning 4 avgust kuni esa tanişi orqali Prezident xalq qabulxonasiga murojaat qilib, davolanişi va moddiy yordam puli oliş masalasida yordam söragan. Murojaatga Kogon şahar mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan javob xati yöllangan.

Javob xatida «Sizga 2020 yilning 15 avgust kuni Kogon şahar hokimligi tomonidan homiylik xayriyalari yetkazib berilgani va soğligingiz yomonlaşgani sababli tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy körikdan ötkazilganingiz maʼlum böldi. Natijadan norozi bölsangiz, yuqori turuvçi organga yoki sudga murojaat qiliş huquqingiz borligini bildiramiz» deyilgan.

Masʼullar javob xatida murojaatçiga 15 avgust kuni yordam berilganini yozgan bölsa-da, fuqaroga yuborilgan xat 14 avgust kuni yozilgani maʼlum böldi. Buni Kogon şahar mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi rahbari Musavvira Şaydoyeva esa texnik xato deb izohladi.

«Uşbu fuqaroga 2020 yilning 5 avgust kuni homiylik xayriyalari yetkazib berilgan. Bu borada dalolatnoma ham mavjud. 2020 yilning 14 avgustdagi javob xatida texnik xatoga yöl qöyilgan».

Mahtumquli mahalla fuqarolar yiğini raisi Mahmud Qodirov esa mazkur mahallada uç oydan buyon iş olib borayotganini, şu davr mobaynida fuqaroga oziq-ovqat yoki pul masalasida umuman kömak berilmaganini, şuningdek, murojaatçi «Temir daftar»ga ham kiritilmaganini bildirdi.

Kogon şahar davlat soliq inspektsiyasi boşliği, törtinçi sektor rahbari Furqat Bobomurodov hududda 12657 nafar aholi 2300 ta xonadonda istiqomat qilişini aytib, fuqaro Naim Saidovdan yozma murojaat tuşmaganini taʼkidladi.

«Fuqaroning oğzaki murojaatini qanoatlantiriş uçun ‘Kogontumangaz taʼminoti’ bölimiga topşiriq berdim. Fuqaroning yolğiz yaşaşi va nogironligini inobatga olib, barça kerakli anjomlarni sotib olişga kelişib olgandik. Şunga köra, masala biroz çözildi», — dedi Furqat Bobomurodov.

Birozdan söng voqea joyiga yetib kelgan «Kogontumangaz taʼminoti» bölimi rahbari Nodir Zokirov esa fuqaro Naim Saidovning yakka yolğizligini, nogironligini bilmaganini bildirdi.

«Sovuqqonligim sabab vaqtida kelolmadim. Oldinroq kelganimda, bu masala allaqaçon yeçim topgan bölardi. Ertaga soat 11:00 gaça qolmay, xonadonga zangori olov kiradi», — dedi Nodir Zokirov.

«Kogontumangaz taʼminoti» bölimi rahbari vaʼdasini bajarib, ertasiga fuqaro xonadonini tabiiy gaz bilan taʼminladi.

Fuqarolar murojaatiga köra, navbatdagi manzilimiz tumanning «Sarayon» mahallasi böldi. Aytilişiça, sarayonliklar uzoq yillardan buyon qiş faslida tabiiy gaz taʼminoti yaxşimasligidan şikoyat qilib kelgan. Mahalla raisi Öktam Xolov aholi va xonadonlar soni ortgani sabab tabiiy gaz bosimi pasayganini bildirdi.

«Mutasaddilar ham dasturdan çiqib ketolmasligini bildirdi. Gaz trubalarining ulaniş nuqtasi sakkiz kilometr olisdagi ‘Konçilar’ qörğoniga qadar çözilgan. Yangi trubalar tortiş 650 milliondan ortiq mablağ talab qilar ekan. Şu bois, sarayonliklarni qiynab kelayotgan suv, svet va tabiiy gaz muammolarini bartaraf etiş masalasi 2021 yilgi dasturga kiritilar ekan», — dedi Öktam Xolov.

Maʼlum bölişiça, uşbu mahallada hovli-joylardan taşqari 14 ta köp qavatli uy ham mavjud bölib, «Kogontumangaz taʼminoti» köp qavatli uylarni tabiiy gazdan uzmay, hovli-joylarni suyultirilgan gazga ötkaziş va 50 tonna kömir tarqatiş taklifini bergan. Biroq, buni aholi rad etgan.

Fuqaro Maftuna Rahmonovaning aytişiça, odamlarga har yili qiş fasli arafasida köplab vaʼda beriladi, ammo amalda bajarilmaydi.

«Ötgan yili viloyatimizga Prezidentimiz kelgan payti qişloğimizda tabiiy gaz bosimi kötarildi. Biroq, oradan sanoqli kunlar ötmay yana pasaydi. Şu sabab uylarimiz juda sovuq. Gaz bor, liniya bor, ammo taʼminot yöq. Elektr energiyasi taʼminotidagi uzilişlarni-ku, gapirmasa ham böladi. Yetmagandek, içimlik suvi ham isteʼmolga yaroqsiz. Jonimizdan ötgandan keyin ijtimoiy tarmoqqa murojaat qilişga majbur böldik», — deydi Maftuna Rahmonova.

«Daryo» muxbiri bilan suhbatlaşgan aholining aytişiça, ular mahallaga beş oy raislik qilgan D.P.ga nosoz trubalarni sozlaş, muammolarni bartaraf etiş uçun 40 ming sömdan 9 million söm pul yiğib bergan. Biroq muammo öz holiça qolib ketgan, aholi pullari esa qaytarilmagan. Tappi yiğişga majbur bölayotgan aholi esa hamon qiyinçiliklar bilan yaşamoqda.

×