Finlandiyada ruslar qurgan qalʼa 1 yevroga sotildi

Finlandiyada ruslar qurgan qalʼa 1 yevroga sotildi

Qalʼa XVIII-XIX asrlarda Aleksandr Suvorovning buyruğiga köra qurilgan. Qariyb 200 yil oldin qalʼadan harbiylar foydalangan, ammo u 20 yil oldin yopilgan.

Finlandiyaning Kotka şahri hukumati Senaatti-kiinteistöt davlat kompaniyasidan Kyumenegorod qalʼasini 1 yevroga sotib oldi, deb yozmoqda RBK.

Qalʼa XVIII-XIX asrlarda Aleksandr Suvorovning buyruğiga köra qurilgan. Maydoni 50 gektarni taşkil etadigan qalʼa hududida 20 ga yaqin inşoot joylaşgan bölib, ularning yiriklari — ofitserlar uçun möljallangan bino va kazarmadir.

Qariyb 200 yil oldin qalʼadan harbiylar foydalangan, ammo 20 yil oldin u yopilgan. Endilikda Kyumenegorodni tartibga keltirib, u yerda muzey, qahvaxona, kontsert maydonçasi oçişmoqçi.

Senaatti-kiinteistöt kompaniyasi qalʼani saqlab qoliş, jumladan, binolarni taʼmirlaşga har yili 200 ming yevro sarflab kelgan. «Kyuminlinna qalʼasi döstlari» assotsiatsiyasi restravratsiya uçun hukumatdan 100 ming yevro olgan, mablağlarning 20 ming yevrosi ekoturizmga sarflanadi. Qayta tiklaş va obʼektni turistik maskanga aylantiriş jami 18 million yevroga tuşadi.

Kyumenegorod Viborg va Helsinki oraliğida joylaşgan — har ikki şahargaça bölgan masofa taxminan 100 kilometr. XVIII-XIX asrlarda Finlandiya yerlarini şvedlarda himoya qiliş uçun ruslar tomonidan bir neçta qalʼa qurilgan. 1878 yilda esa Kotka şahriga asos solingan.

×