
Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani, Dörmon yöli yaqinidagi 51 xonali hovli kimoşdi savdosida sotildi. Uning narxi 32 mlrd 619 mln söm bölib, uni “Mob Group” kompaniyasi sotib oldi.



Umumiy maydoni 52 sotix bölgan uşbu hovlining sotilişi Özbekiston uçun eng yirik turar-joy auktsioni bitimi hisoblanadi. E-AUKSION portalidagi maʼlumotga köra, hovli içidagi jihozlari, 135 turdagi tovar va moddiy boyliklar bilan sotilgan.
“Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani, Ravon köçasi -50 uy, Mirzo Uluğbek tumani, Zaytun köçasi 70-uy hududidan bugungi kunda bitta uy sifatida foydalanib kelinayotgani bois, har ikki uy bitta uy-joy sifatida va undagi mol-mulklar bilan birga elektron onlayn-auktsion orqali sotuvga çiqarilmoqda”, deyilgan savdo maʼlumotida.


Lot izohida yozilişiça, 2017 yilda qurilgan 1 va 2 qavatli binolar jami 51 xonadan iborat. 0,52 gektar maydonda joylaşgan uyning umumiy maydoni 2052,88 kvadrat metrni taşkil etadi. Şuningdek, hovlida gaz, suv, elektr taʼminoti va kanalizatsiya mavjud.


2022 yil boşida ilk bor auktsionga qöyilgan köçmas mulk obʼekti narxi qimmatligi uçun sotilmayotgan edi. Ammo 2023 yilning avgustiga kelib uni sotib olişga qurbi yetadigan topildi. Bu “Mob Group” kompaniyasi bölib, auktsion ğolibi restoranlar va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş bilan şuğullanadi.



Şuningdek, mazkur korxonaning asosiy taʼsisçisi Odilbek Mannonov taʼlim sohasidagi kompaniyalarga ham egalik qiladi.



Qiziq tomoni şundaki, hovli sotilişi haqidagi dastlabki eʼlonlarda u Özbekiston Respublikasi Harbiy sudining 15.04.2021 yildagi 91-sonli ijro varaqasi hamda Byuro inspektor S.Ahmedovning 20.12.2021 yildagi qarori bilan auktsionga çiqarilgani, buyurtmaçi sifatida esa Yunusobod tumani MIB körsatilgan edi. Biroq Özbekistondagi eng qimmat uyning asl egasi kim ekani va nima sababdan MIB qaramoğiga ötgani oçiqlanmagan.









