Boy ruslar xitoylik enagalarni yollamoqda – NYT

Boy ruslar xitoylik enagalarni yollamoqda – NYT

Rus boylari xitoy tilida sözlaşuvçi enagalarni yollaşmoqda. Ular rus elita oilalari orasida talab katta bölgan ingliz tilida sözlaşuvçi enagalardan keyin ikkinçi örinni egallab, frantsuz tilida sözlaşuvçilarni çetga surib qöydi. Bu haqda 30 iyun kuni enagalik xizmatlarini körsatuvçi English Nanny kompaniyasi asosçisi Valentin Gogolga tayanib, “The New York Times” (NYT) yozdi.

NYT'ga bergan intervyusida Gogol xitoy tilida gaplaşadigan enagalarga bölgan talabni qondiriş uçun qölidan kelganiça harakat qilayotganini va ularning maoşi oyiga 5000 dollarga yetganini aytdi. Uning sözlariga köra, English Nanny mijozlari endi xitoy tilini ingliz tilini töldiruvçi ikkinçi çet tili deb bilişadi.

“Bu Rossiyani xitoylaştiriş jarayonining faqat bir jihati”, deya taʼkidlaydi NYT.

Şuningdek, rossiyalik talabalar va maktab öquvçilari orasida xitoy tiliga bölgan talab sezilarli darajada oşgani, ularning Xitoyda öqişga bölgan qiziqişi, şuningdek, Xitoy madaniyati va mahsulotlari ommalaşib borayotgani qayd etilgan.

“Yaqingaça hamma narsa Ğarbça bölib kelgan mamlakatda hayratlanarli narsa yuz berdi: Xitoy ruslar uçun orzu qilinadigan va modaga aylandi”, deb yozadi Amerika gazetasi.

Qayd etilişiça, sönggi uç yilda Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi va Pekin bilan siyosiy yaqinlaşuvi fonida Xitoyga qiziqişning keskin ortişi kuzatilgan.

Maʼlumot uçun, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham nabirasi xitoy tilini bilişini eslatib ötgandi.

“Yaqin odamlarim, qarindoşlarim xitoy tilini örganişayotganini aytganimda, nabiram haqida gapirgan edim. Uning öqituvçisi Pekinlik, u bilan xitoyça bemalol gaplaşadigan”, degandi Putin.


Teglar:
×