2025 yil 7 avgust kuni Toşkentdagi Bunyodkor stadionida jahon super yulduzi Jennifer Lopesning “Up All Night – Live in 2025ʼʼ jahon sayyor çiqişlari doirasidagi kontsert dasturi bölib ötadi. Bu haqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekistondagi dastur qöşiqçining mamlakatdagi ilk çiqişi bölib, Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasining taşabbusi bilan xalqaro madaniy hamkorlikni tarğib etiş va Özbekiston turizm sohasini rivojlantiriş doirasida ötkazilib kelinayotgan loyihalar qatoriga kiradi.
Maʼlumot uçun, Jennifer Lopez amerikalik qöşiqçi, aktrisa, raqqosa va film prodyuseridir. 1997 yilda Selena biopikasida birinçi örinni egallagan Lopez, filmdagi roli uçun 1 million AQŞ dollari miqdorida pul topgan birinçi lotin aktrisasi ölaroq “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlangan. Keyinçalik, “Anakonda” (1997) va “Out of Sight” (1998) filmlarida suratga tuşgan. Şuningdek, Lopez Gollivudning eng köp haq tölanadigan lotin aktrisalaridan biridir.









