Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişi oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasi bayonot bilan çiqdi
Qayd etilişiça, 2020 yilning noyabr oylaridan boşlab mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan boğliq vaziyat biroz bölsa-da barqarorlaşganligi munosabati bilan bosqiçma bosqiç joriy etilgan karantin çeklovlar bekor qilinib, ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyati tiklandi.
“Sönggi kunlarda kelib tuşgan köplab madaniyat soha vakillarining murojaatlarini inobatga olgan holda, şuningdek, xalqimizning madaniy hordiq çiqarişi uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida kontsert-tomoşa tadbirlarini joriy yilning 28 yanvaridan boşlab sanitariya-epidemiologik talablarga qatʼiy rioya etgan holda taşkil etişga ruxsat berildi”, - deyiladi bayonotda.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan kontsert va tomoşa tadbirlarini ötkaziş böyiça quyidagi talablar belgilandi:
kontsert saroylarining tomoşabin siğimini inobatga olgan holda tomoşabinlar sonini 50 foizdan oşirmagan holda taşkil etiş;
kontsert saroylarining tomoşabin örindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilişini taʼminlaş va bu borada oraliq masofani saqlaş uçun talab etiladigan örindiqlarni konservatsiya qiliş;
kontsert saroylariga taşrif buyuruvçi tomoşabin hamda xizmat körsatuvçi xodimlar niqobda (maskada) bölişi.









