Besoqolbozlik tarğibotçilari Toşkentda kontsert berişi ortida kim turibdi?

Joriy yilning 25 dekabr kuni Toşkentdagi "Humo Arena" kompleksida rossiyalik 6 nafar tik-toker iştirokida "Tik Tok Fest" şou-kontsert dasturi ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Unda iştirok etuvçi tik-tokerlar Anya Pokrov, Vanya Dmitriyenko, Danya Miloxin, Anet Say, Artur Babiç, Yegor Şip asosan ijtimoiy tarmoqda şarq qadriyatlari va tarbiyasiga zid, ommaviy madaniyat niqobi ostidagi, şuningdek besoqolbozlikni tarğib qiluvçi ayrim çiqişlari bilan “tilga tuşgan”. Şu bois uşbu şou dasturi jamoatçilik faollari tomonidan tanqidlarga sabab bölmoqda. Köpçilik şouning taşkil etilişida Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligini ayblamoqda. Öz navbatida Madaniyat vazirligi mazkur kontsertning taşkiliy işlari, jumladan litsenziya berişda ham iştirok etmagani xususida bayonot bilan çiqib, taşkilotçilarni uşbu masalaga jiddiy yondaşişga çaqirdi. 

“Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF- 6044-son Farmoni 2-ilovasi 32-bandiga muvofiq, kontsert-tomoşa tadbiriga bir martalik ruxsatnoma beriş vakolatli bölgan — Içki işlar vazirligi, Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan amalga oşiriladi. Şu asosda, kontsert-tomoşalarning saviyasi, mazmun-mohiyati, ğoyasini tahlil qiliş, tomoşa böyiça yakuniy xulosalar beriş ham Mahalliy ijroiya hokimligi huzurida taşkil etilgan tuzilmaning vazifasi hisoblanadi.

Şuningdek, yuqoridagi kabi şou-kontsert tomoşalarini taşkil etiş Madaniyat vazirligi tomonidan emas, xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oşiriladi.

Şu bois, Madaniyat vazirligi "Tik Tok Fest" şou-kontserti yuzasidan barça savol va mulohazalarni yuqorida keltirib ötilgan vakolatli mutassaddi organlarga yöllaşni tavsiya qiladi.

Darhaqiqat, Özbekiston hududida ötkaziladigan har qanday madaniy-maʼrifiy tadbirlar, şou-tomoşalar hamda kontsert dasturlari özbek xalqi milliy mentaliteti, axloqiy tarbiyasi, tarixan boy madaniyati, yoşlar dunyoqaraşi bu kabi şou-dasturlarni aslo qabul qilmaydi. Madaniyat vazirligi "Tik Tok Fest" şou-kontsertini maʼnaviy jihatdan yoşlar ongiga, dunyoqaraşiga salbiy taʼsir etadi, deb hisoblaydi. Zero, bir neça ming yillardan buyon şakllanib, qon-qonimizga singib ketgan insoniy fazilatlar, odob-axloq meʼyorlari taʼsirida paydo bölgan tarbiyamiz ham buni rad etadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

×