Istanbulda Maksim Galkinga kontsert ötkaziş taqiqlandi

Istanbulda Maksim Galkinga kontsert ötkaziş taqiqlandi

Rossiyalik şoumenning 25 oktyabr kuniga rejalaştirilgan Turkiyadagi konserti bekor qilindi. Bunga uning Isroil borasidagi pozitsiyasi sabab böldi.


Rossiyalik şoumen Maksim Galkinning 25 oktyabr kuni Istanbulda ötkazilişi rejalaştirilgan konserti bekor qilindi. Bu haqda TRT xabar berdi.

Sanʼatkorning çiqişi u Isroilni ommaviy qöllab-quvvatlaganiga qarşi noroziliklar ortidan bekor qilingan. Kontsert soat 19:00 da Kongress markazidagi Harbiye zalida bölib ötişi kerak edi. Biroq kontsert haqida maʼlumot paydo bölgaç, turk ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sanʼatkorning çiqişiga yöl qöymaslik talabi bilan kampaniya avj oldi.

Bunga Galkinning 2023 yil oktyabr oyidan beri Isroilni qöllab-quvvatlab kelayotgani, Ğazoga qarşi hujumlarni oqlagani va jangovar harakatlarda özi iştirok etişi mumkinligini aytgani sabab böldi.

2023 yil 7 oktyabrda HAMAS operatsiyasidan söng Maksim Galkin Isroilni qöllab-quvvatlovçi bayonot bilan çiqdi. U mazkur bayonotini “Isroil ğalaba qozonadi” deya yakunladi. Oradan ikki kun ötib, 9 oktyabr kuni sanʼatkor rafiqasi Alla Pugaçyova va farzandlari bilan nima uçun Isroilda qolişga qaror qilganini tuşuntirdi.

“Men ona tomondan yahudiyman. Şuning uçun biz Isroilni tanladik. Bundan bir soniyaga ham afsuslanmaymiz”, degan u.

Öşa murojaatda Galkin Isroilni qölda qurol bilan himoya qilişda iştirok etişga tayyorligini aytgan.

“Agar men Isroil armiyasida xizmat qilganimda va hozir mamlakatni himoya qiliş uçun jangga borişimga heç bölmaganda biror asos bölganida, albatta, borardim. Ammo men Isroilni boşqa yöl bilan ham qöllab-quvvatlaşim mumkin”, degan şoumen.

Şu tariqa sanʼatkor Isroil aholisi bilan birdamligini taʼkidlagan. 2024 yil 8 iyun kuni Ğazodagi Nuseyrat qoçqinlar lagerida Isroil operatsiyasidan söng Galkinning pozitsiyasi yangi rezonansga aylandi.

Operatsiya davomida Isroil kuçlari tört nafar garovdagi fuqarosini ozod qildi. Ammo 274 nafar falastinlik halok böldi, yuzlab odamlar jarohatlandi. Isroil kuçlarining harakatlariga munosabat bildirgan Galkin: “Isroil, men sen bilan faxrlanaman!” deb yozdi. Şuningdek, u operatsiya paytida halok bölgan Isroil politsiyasi qömondoni Arnon Zamorani qahramon deb atadi.

Sanʼatkor öz postlarida falastinliklar orasida köplab qurbonlar bölganiga qaramay, asosiy eʼtiborni garovga olinganlarning ozod etilişi va Isroil kuçlarining harakatlariga qaratgan.

“Ğazoda oziq-ovqat muammosi yöq”

2024 yil 10 iyun kuni Galkin Isroilning harakatlarini himoya qilgan va Ğazodagi gumanitar falokat haqidagi xabarlarni şubha ostiga olgan 11 banddan iborat batafsil bayonot eʼlon qildi.

“Ğazo 2005 yildan beri mutlaqo erkin”, deb taʼkidladi şoumen.

U, şuningdek, HAMASni halok bölgan falastinliklar statistikasini manipulyatsiya qilişda aybladi.

“HAMAS yolğon statistikani eʼlon qilmoqda, barça jangarilar ölimidan söng begunoh ‘tinç’ aholiga aylanadi va ularning soni ön marta köpaytirib körsatiladi” deb yozgan Galkin.

Yana bir bandda u “Tinç aholi odamlarni garovga olganda ular terrorçiga aylanadi”, deb taʼkidlagan. Maʼlumot örnida, Isroilning Ğazoga hujumlari oqibatida 22 mingdan ortiq bola halok bölgan. Mazkur maʼlumot BMTning köplab hisobotlari, inson huquqlari taşkilotlarining tekşiruvlari bilan tasdiqlangan.

Maksim Galkinning konserti bekor qilinganiga munosabati

Rossiyalik teleboşlovçi konserti bekor bölganidan afsusda ekanini aytib, taşkilotçilarning bayonotini eʼlon qildi.

“Hurmatli tomoşabinlar! Maksim Galkinning 2026 yil 25 oktyabr kuni Istanbul Kongress markazida bölib ötişi rejalaştirilgan konserti ötkazilmasligini çuqur afsus bilan maʼlum qilamiz. Bunga Istanbul gubernatori maʼmuriyatining jamoat tartibi va xavfsizlik nuqtayi nazaridan tadbirni ötkazişni taqiqlovçi rasmiy qarori sabab bölgan. Uşbu qaror Turkiya davlat organlari tomonidan qabul qilingan bölib, tadbir taşkilotçisi, sanʼatkor yoki boşqa iştirokçilarning irodasiga boğliq emas. Körilgan saʼy-harakatlarga qaramay, konsertni belgilangan sanada ötkaziş huquqiy jihatdan imkonsizdir. Yuzaga kelgan vaziyatdan çin dildan afsusdamiz va konsertga taşrif buyurişni rejalaştirgan barça tomoşabinlardan uzr söraymiz”, deyiladi xabarda.


×