Özbekiston elçixonasi Isroilga hamdardlik bildirdi

Özbekiston elçixonasi Isroilga hamdardlik bildirdi

Özbekistonning Isroildagi elçixonasi Vaşingtondagi Isroil elçixonasining ikki xodimi fojiali öldirilgani yuzasidan çuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Özbekistonning Isroildagi elçixonasi X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida maʼlum qildi.

Uşbu bayonotda joriy yilning 21 may kuni AQŞning Vaşington şahridagi Yahudiy muzeyi yaqinida yuz bergan qurolli hujumda halok bölgan ikki isroillik diplomatning ölimi haqida söz boradi. 

“Marhumning oilalari va yaqinlariga çuqur hamdardligimizni bildiramiz. Biz bu dahşatli harakatni qatʼiyan qoralaymiz, diplomatik xodimlarga qarşi har qanday hujumlar qabul qilinişi mumkin emas va xalqaro huquq normalariga ziddir”, deyiladi elçixona xabarida.

Qayd etiş joiz, 21 may kuni keçqurun Vaşingtondagi yahudiy muzeyi oldida Isroil elçixonasining ikki xodimi – er-xotin Yaron Lişçinskiy va Sara Milgrim çikagolik 30 yoşli Elias Rodriges tomonidan otib öldirilgandi. Hujumçi otişma oldidan “Falastinga ozodlik” şiorini hayqirgan.


Teglar:
×