Prezident akademik Saʼdullayevning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident akademik Saʼdullayevning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 28 may kuni Fanlar akademiyasi akademigi, Özbekiston Milliy universiteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, taniqli matematik olim Azimboy Saʼdullayevning 78 yoşida vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, uşbu taʼziya xati Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Spikeri Nuriddin Ismoilov, Boş vazir Abdulla Aripov hamda Fanlar akademiyasining prezidenti Şavkat Ayupov tomonidan yöllangan.

“Mamlakatimiz ilm-fani oğir judolikka uçradi. Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Azimboy Saʼdullayev 2025 yil 28 may kuni 78 yoşida vafot etdi”, deyiladi taʼziya xatida.

Hamdardlik xatiga köra, Azimboy Saʼdullayevning xotirasi qalblarda saqlanib qoladi.

“Akademik Azimboy Saʼdullayevning mamlakatimiz ilm-fani va taʼlim sohasini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, u 2020 yilda “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi. Taniqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Azimboy Saʼdullayevning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi”, deyiladi xatda.

Maʼlumot uçun, Saʼdullayev 1947 yil 9 yanvarda Xorazm viloyatining Şovot tumanida tuğilgan. 1969 yilda Moskva davlat universitetini matematika mutaxassisligi böyiça tamomladi. Mazkur universitet aspiranturasida tahsil olib, dastlab nomzodlik, söngra doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989 yilda Özbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, 1995 yilda haqiqiy aʼzosi etib saylandi.

Saʼdullayev özining 55 yillik mehnat faoliyati davomida Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) öqituvçisi, dotsenti, kafedra mudiri, fakultet dekani, Özbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti katta ilmiy xodimi, Urganç davlat universiteti rektori, Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi kabi masʼul lavozimlarda samarali faoliyat olib bordi.

Olimning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari, 15 ta monografiyasida matematika sohasining köplab dolzarb masalalari atrofliça tadqiq etilgan.

Azimboy Saʼdullayev 1995-2004 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati sifatida samarali faoliyat olib borib, qonun hujjatlarini işlab çiqiş va qabul qiliş, parlament nazorati mexanizmlarini takomillaştirişda jonbozlik körsatgan.


Teglar:
×