Avval xabar berganimizdek, Turkiya janubi-şarqida 7,4 magnitudali zilzila sodir bölgan edi. Yuz bergan kuçli zilzila oqibatida köplab odam qurbon bölgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar körilgani munosabati bilan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga hamdardlik yölladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.
“Qardoş Turkiya yetakçisi va xalqiga çuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda soğayib ketişini tiladi”, deyiladi xabarda.









