Şavkat Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

Şavkat Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Rossiyaning Kemerevo viloyatidagi “Listvyajnaya” konida sodir bölgan portlaş oqibatida insonlar qurbon bölgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Vladimir Putinga taʼziya yölladi. Bu haqda Özbekiston rahbari matbuot kotibi maʼlum qildi.

“Prezident Şavkat Mirziyoyev Rossiyaning Kemerevo viloyatidagi “Listvyajnaya” konida sodir bölgan portlaş oqibatida insonlar qurbon bölgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Vladimir Putinga taʼziya yölladi.

Davlat rahbari halok bölganlarning oila aʼzolariga çuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda şifo topişini tiladi”, – deyiladi Şerzod Asadov xabarida.

Rossiyaning Kemerevo viloyatidagi “Listvyajnaya” konida 25 noyabr kuni tutunlaniş yuz bergandi. Halokat yuz bergan vaqtda konda 285 kişi bölgan, ularning aksariyati taşqariga çiqişga muvaffaq bölgan. “Sputnik” maʼlumotlariga köra, fojia oqibatida halok bölganlar soni 52 kişiga yetgan, şulardan 6 nafari qutqaruvçilar.

Hodisa yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan. Viloyatda 3 kunlik motam eʼlon qilingan. Rossiya boş prokurori Dmitriy Demeşinning dastlabki maʼlumotlarga köra, metan portlaşi bu hodisaga sabab bölgan.

×