Rasmiy Toşkent “Tolibon”ga hamdardlik bildirdi

Rasmiy Toşkent “Tolibon”ga hamdardlik bildirdi

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Parvon viloyati “Salang” tunnelida sodir bölgan yonğinda köplab odamlar qurbon bölgani munosabati bilan “Tolibon”ga hamdardlik bildirdi. 

“Afğonistonning “Salang” tunnelida yoqilği taşuvçi avtomaşinaning portlaşi oqibatida köplab qurbonlar bölgani haqidagi xabarni çuqur qayğu bilan qabul qildik. Halok bölganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tezroq soğayib ketişini tilaymiz”, deyiladi bayonotda.

Maʼlumot uçun, Afğonistonning Parvon viloyati Salang tunnelida joriy yilning 17 dekabr kuni neft tankeri ağdarilib, yonişi oqibatida 31 kişi halok böldi. 

“Tolibon” Jamoat Soğliqni saqlaş vazirligi voizi Şaraft Zamonning maʼlum qilişiça, 37 nafar yarador soğliqni saqlaş markazlariga olib ketilgan. 

“Tolibon” rasmiylariga köra, “Salang” tunnelida tanker yonib ketgan va yonğin boşqa yölovçi transport vositalariga ham ötgan. Yonğin keçqurun sodir bölgan. Keça, 18 dekabr kuni ertalab soat 8:00 da öçirilgan. 

Parvon viloyatining Salang tumanidagi işonçli manba xabariga köra, yonğindan keyin tunnel içida yana bir suyuq gaz tankeri portlagan. 

Manba keça tuşdan keyin tunnel içidagi qoronğulik yonğinni nazorat qiliş va qamalib qolgan odamlarni qutqarişni qiyinlaştirganini aytgan. Uşbu voqeadan keyin Salang yöli yopildi. “Tolibon” avtomobil haydovçilaridan boşqa yöldan yurişni tavsiya qilgan.


×