Özbekistonning 29 ta tumanida işlab çiqariş 4,5 trillion sömga kamaygan. Bu haqda bugun, 26 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan mahalliy sanoatni rivojlantiriş böyiça kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida maʼlum qilindi.
Davlat rahbari sözining avvalida bugungi tahlikali va noaniqliklarga töla şaroitda har bir mamlakat, avvalo, eng köp iş örinlari yaratadigan sohalarni himoyalaş çoralarini körayotganini taʼkidladi.
Şu munosabat bilan taşqi bozordagi tebranişlar şaroitida 1 millionga yaqin aholi işlayotgan töqimaçilik, quriliş materiallari, mebelsozlikni qöllab-quvvatlaş, iqtisodiyotimizning yana bir “drayveri” bölişi kutilayotgan zargarlik sanoatiga yangi surʼat bağişlaş muhimligi qayd etildi.
Ötgan 4 oyda sanoat 6,3 foizga ösib, 290 trillion sömga yetdi.
“Bu – hozirgi murakkab şaroitda öz vaqtida körilgan çoralar natijasi. Lekin 29 ta tumanda işlab çiqariş 4,5 trillion sömga kamaygan. Bu kiçkina raqamlar emas”, dedi davlat rahbari.
Prezidentning taʼkidlaşiça, sanoat, eksport va tuşum böyiça “respublika – tarmoq – viloyat – tuman” vertikal tizimidagi masalalar öz vaqtida va töliq hal qilinganida sanoatda yana 2 foizlik ösişga erişiş mumkin edi. Masalan, ötgan 4 oyda Payariqda sanoat qariyb 2 baravarga, Paxtaçida 38 foizga pasaygani oqibatida işlab çiqariş 210 milliard sömga kamaygan.
Poytaxt sanoatining uçdan birini beradigan Sergeli va Yaşnobodda 300 milliard sömlik mahsulot kam işlab çiqarilgani bois Toşkent şahri sanoatida 1,1 foiz ösiş boy berilgan.
Örtaçirçiq, Qibray, Parkent, Ohangaron tumanlari, Angren, Bekobod şaharlaridagi 25 ta hududiy korxona ötgan yilgidan 1 trillion sömga kam mahsulot çiqargani bois, 30 million dollar eksport yöqotilgan.
Yoki yanvar-mart oylarida sanoatda ösiş qilgan Qarşi, Mirişkor, Bulunğur, Danğara, Özbekiston, Xiva tumanlari aprelga kelib körsatkiçlarini keskin tuşirib yuborgan. Şu munosabat bilan uç kun muddatda “respublika – tarmoq – viloyat – tuman” vertikali böyiça har bir masalani tezkor hal qiliş uçun respublikadan aniq masʼullarni belgilaş va joylarga yuboriş topşirildi. Vertikal böyiça qaysi böğinda muammo yeçilmasa, öşa tizim masʼullaridan sörov qattiq bölişi haqida ogohlantirildi.









