Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Özbekistonda gaz qazib oliş 4,2 foiz va neft qazib oliş 12 foizga, şuningdek, elektr energiyasi işlab çiqariş ham qisqargan. Bu haqda 2025 yilning yanvar-fevral oylaridagi sanoat işlab çiqarişi böyiça Statistika qömitasi eʼlon qilgan hisobotda söz boradi.
Hisobotga köra, joriy yilning dastlabki ikki oyida gaz qazib oliş hajmi 7,37 mlrd kub metrni taşkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan qariyb 329 mln kub metrga yoki 4,2 foizga, 2023 yilning mos davriga nisbatan esa 781 mln kubga qisqargan.
2022 yilda gaz qazib oliş 53,8 mlrd dan 51,67 mlrd kub metrgaça yoki 4 foizga, 2023 yilda 51,67 mlrd dan 46,71 mlrd kub metrgaça yoki 9,6 foizga, 2024 yilda esa 46,71 mlrd dan 44,59 mlrd kub yoki 4,5 foizga qisqargandi. Şuningdek, hisobot davrida neft qazib oliş 118 ming tonnadan 105 ming tonnaga (-12 foiz), gaz kondensati işlab çiqariş 214,7 ming tonnadan 192,6 ming tonnaga kamaygan.
Boşqa energiya manbalari – dizel yonilğisi işlab çiqariş 123 ming tonnadan 74 ming tonnaga (-39 foiz), benzin işlab çiqariş 241 ming tonnadan 189 mln ming tonnaga (-21 foiz) qisqargan. Aksinça, kömir qazib oliş 659 ming tonnadan 733 ming tonnaga (11 foiz) oşgan.
Şuningdek, elektr energiyasi işlab çiqariş ham kamaygan. Jumladan, ötgan yilning yanvar-fevral oylarida 14,56 mlrd kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan bölsa, bu körsatkiç joriy yilning mos davrida 14,06 mlrd kilovatt soatni taşkil etgan.









