Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Özbekiston xalqiga murojaat qildi. Murojaatda nogironlar uçun köp yangiliklar bor. Quyida uni töliğiça keltiramiz.
Qadrli vatandoşlar!
Maʼlumki, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yil 3 dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nişonlanib kelmoqda.
Bundan közlangan asosiy maqsad – nogironligi bölgan şaxslarning huquqlarini ijtimoiy hayotning barça sohalarida himoya qiliş, ularning muammolariga keng jamoatçilik eʼtiborini jalb etişdan iborat.
Ezgulik, mehr-oqibat, insonparvarlik timsoli bölgan uşbu ayyomda mamlakatimizdagi bir millionga yaqin imkoniyati çeklangan va nogironligi bölgan fuqarolarimizga hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Mehr-muruvvatli va bağrikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati çeklangan insonlarga eʼtibor va ğamxörlik körsatişni jamiyatda tinçlik, döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaşga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida eʼzozlab keladi.
Ana şunday ezgu anʼanalarimizni bugungi zamon talablari asosida rivojlantiriş maqsadida sönggi yillarda mamlakatimizda imkoniyati çeklangan fuqarolarimizni qöllab-quvvatlaş, ular uçun zarur barça şaroitlarni yaratiş borasidagi davlat siyosati yangi bosqiçga kötarilmoqda.
Buning tasdiğini “Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonun qabul qilingani, mamlakatimiz Nogironlar huquqlari töğrisidagi xalqaro konventsiyaga qöşilgani, sohada mustahkam qonuniy baza yaratilgani misolida köriş mumkin.
Şu asosda imkoniyati çeklangan va nogironligi bölgan şaxslarning jamiyatdagi mavjud imkoniyatlardan foydalaniş, harakatlaniş, soğliqni saqlaş, taʼlim, bandlik, reabilitatsiya, siyosiy-ijtimoiy hayotda iştirok etiş bilan boğliq huquqlari taʼminlanmoqda.
Bu borada “Inson qadri uçun” tamoyili asosida Yangi Özbekistonda inklyuziv rivojlaniş, yaʼni aholining barça qatlamlari uçun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlaşga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotgani muhim rol öynamoqda.
Biz uşbu yönalişda nogironligi bölgan insonlar – jamiyatning tölaqonli aʼzolari, degan tamoyilga amal qilgan holda izçil iş olib bormoqdamiz.
Çindan ham, biz barpo etayotgan yangi, erkin va demokratik davlatda jamiyatning har bir aʼzosi bilim oliş, zamonaviy kasb-hunarlarni egallaş, öz isteʼdod va qobiliyatini röyobga çiqariş, mehnat bilan band böliş uçun zarur imkoniyatlarga ega bölişi şart.
Biz uçun nogironligi bölgan insonlarni ijtimoiy hayotimizning barça sohalariga jalb etiş ustuvor yönaliş hisoblanadi. Yaqinda bölib ötgan Prezident saylovida şu masalalarga alohida eʼtibor qaratilib, nogironligi bölgan şaxslar saylov uçastkalariga kelib-ketişlari uçun transport bilan taʼminlangani, Brayl alifbosida saylov byulletenlari tayyorlangani va saylov uçastkalari panduslar bilan jihozlangani ularning siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda faol iştirok etişlarini taʼminlaş yölida muhim qadam bölganini xalqaro va xorijiy kuzatuvçilar ham eʼtirof etdilar.
Imkoniyati çeklangan fuqarolar uçun yaratilayotgan şaroitlar haqida gapirganda, sönggi ikki yilda pensiya va nafaqa oluvçi nogironligi bölgan şaxslar soni 100 ming nafarga köpayib, ularning miqdori qariyb 2 barobarga oşirilganini taʼkidlaş lozim. Şuningdek, barça hududlarda “Saxovat va kömak” umummilliy harakati doirasida hamda “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoşlar daftari”ga kiritilgan imkoniyati çeklangan yurtdoşlarimizga manzilli ijtimoiy yordam körsatiş tizimi yölga qöyildi.
Nogironligi bölgan şaxslarni hayotga moslaştiriş va ijtimoiy reabilitatsiya qiliş borasida ham katta işlar amalga oşirilmoqda. Masalan, keyingi yillarda 27 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalar rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy talablarga mos bölgan 1,5 mingta davolaş-reabilitatsiya örinlari foydalanişga topşirildi.
Ana şunday fuqarolarimizga bepul beriladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining röyxati 22 turdan 27 tagaça köpaytirildi. Xususan, joriy yilning özida nogironligi bölgan bolalarning hayot sifatini yaxşilaş maqsadida ular byudjet mablağlari hisobidan qariyb 40 milliard sömlik protez-ortopediya va reabilitatsiya moslamalari, koxlear implantlar hamda boşqa maxsus buyumlar bilan taʼminlandi.
Bundan taşqari, xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş işlari boşlandi, 300 dan ortiq maktablarda imkoniyati çeklangan bolalarning bilim olişi uçun zarur şaroitlar yaratildi.
Haqiqiy matonat egasi bölgan nogiron yigit-qizlarimizning jahon maydonlarida yuqori natijalarni qölga kiritib, Vatanimiz bayroğini baland kötarib kelayotganlari barçamizga çeksiz ğurur-iftixor bağişlaydi. Jumladan, şu yil Tokioda ötkazilgan Paralimpiya öyinlarida Özbekiston vakillari 8 ta oltin, 5 ta kumuş va 6 ta bronza medallarini qölga kiritgani har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir.
Taʼkidlaş joizki, 3 dekabr sanasi butun dunyoda paralimpiyaçilarni şaraflaydigan ayyomga aylanib bormoqda. Şuning uçun ham azmu şijoatli paralimpiyaçi sportçilarimizni yana bir bor çin dildan qutlab, ularga xalqaro maydonlarda yuksak çöqqilarni zabt etişda yangi muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
Hayotning boşqa sohalarida ham yuksak marralarni egallaşga qodir bölgan yoşlarimiz öz qobiliyat va imkoniyatlarini töliq namoyon etişi, hayotda özining munosib örnini topişiga kömaklaşiş – bundan buyon ham biz uçun ustuvor vazifa bölib qoladi. Şu maqsadda hamda nogironligi bölgan şaxslar özlarini jamiyatning ajralmas qismi sifatida his etib yaşaşlari uçun ularga qöşimça şart-şaroitlarni yaratişga qaratilgan alohida dastur qabul qilib, uni albatta amalga oşiramiz.
Uşbu dasturning mazmun-mohiyati Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Barqaror rivojlaniş maqsadlari bilan hamohang bölib, unda nogironlikni belgilaşda tibbiy yondaşuvdan ijtimoiy yondaşuvga ötiş asosiy vazifa sifatida belgilanadi.
Endi nogironligi bölgan şaxslar – “muammosi bor insonlar” degan qaraşdan voz keçib, ularning imkoniyatini kengaytiriş uçun, avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni takomillaştiriş yölidan borişimiz zarur.
Şuning uçun dasturda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi.
Birinçidan, nogironligi bölgan yoşlarga barça darajada sifatli taʼlim olişi uçun teng imkoniyatlar yaratiladi.
Jumladan, kelgusi öquv yilidan boşlab alohida taʼlim olişga ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi, 2025 yilda esa 40 foizi oddiy maktablarda öqişi uçun barça şaroitlar yaratiladi. Şuningdek, inklyuziv taʼlimning resurs markazlari soni 14 barobarga köpayib, 200 tadan oşadi.
Ikkinçidan, nogironligi bölgan şaxslarni kasb-hunarga öqitiş va ular uçun munosib iş örinlarini yaratiş orqali ularning daromadini köpaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar yanada kuçaytiriladi. Bu borada ularni zamonaviy kasb-hunarga öqitiş böyiça maxsus dasturlar işlab çiqiladi.
Şuningdek, har bir inson uçun davlat hisobidan kasb-hunar örganiş imkoniyati yaratiladi, şu maqsadda ajratiladigan mablağlar 2 barobarga oşiriladi.
Barça darajadagi davlat idoralariga imkoniyati çeklangan fuqarolarni ular uçun mos keladigan işga qabul qilişda ustunlik va imtiyoz beriladi.
Bundan taşqari, tadbirkorlarning nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qiliş borasidagi taşabbuslari qöllab-quvvatlanib, ularni rağbatlantiriş çoralari köriladi. Jumladan, bunday tadbirkorlar va işga qabul qilingan fuqarolarga qöşimça soliq imtiyozlari beriladi va davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi.
Uçinçidan, nogironligi bölgan şaxslarning salomatligini asraş, ularga tibbiy xizmatlar körsatiş işlari tizimli ravişda davom ettiriladi.
Nogironligi bölgan bolalarni soğlomlaştiriş uçun Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi va uning hududiy filiallari taşkil etiladi.
Şuningdek, har yili 2 ming nafar bolada tuğma yurak nuqsoni va boş miyadagi patologik özgarişlar böyiça jarrohlik amaliyotini ötkaziş belgilanmoqda.
Törtinçidan, imkoniyati çeklangan fuqarolar mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida faol qatnaşişi uçun “tösiqsiz muhit”, yaʼni, qulay şaroit yaratiladi.
Jumladan, yangi barpo etiladigan davlat idoralari binolari, ijtimoiy obʼektlar, boğ va parklar, jamoat transportida maxsus infratuzilma yaratiş, davlat xizmatlari körsatiş tizimini nogironligi bölgan şaxslarga moslaştiriş böyiça çoralar köriladi, ular uçun maxsus axborot portallari, telekörsatuvlar, adabiyotlar va kutubxonalar soni köpaytiriladi.
Mamlakatimizning barça hududlarida barpo etilayotgan “Yangi Özbekiston” massivlarida nogironligi bölgan şaxslarga uy-joy şaroitlarini yaxşilaş uçun subsidiya va imtiyozli kreditlar beriladi.
Eng muhimi, barça darajadagi rahbarlar va davlat idoralari masʼullari tomonidan nogironligi bölgan şaxslarning muammolarini örganiş va hal qiliş böyiça doimiy muloqot tizimi yölga qöyiladi.
Bir fikrni alohida taʼkidlab aytmoqçiman: jamiyatimizning eng ehtiyojmand qatlamlaridan biri bölgan nogironlar bilan boğliq faoliyatimizni tanqidiy qayta körib çiqar ekanmiz, bu insonlar ham mamlakatimiz fuqarolari, bizning yurtdoşlarimiz ekanini, binobarin, heç qaçon özlarini yolğiz his etmasliklari, ijtimoiy va iqtisodiy hayotimizda faol iştirok etişlari uçun bundan buyon ham barça kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Bir söz bilan aytganda, Özbekistonda heç kim mehr va eʼtibordan çetda qolmaydi.
Işonçim komil, 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida mustahkam örin egallab, jamiyatimizda ezgulik, mehr-oqibat, gumanizm ğoyalarini yanada çuqur qaror toptirişga xizmat qiladigan muhim sanalardan biri bölib qoladi.
Biz bu borada siz, azizlarga – köpni körgan otaxon va onaxonlarimizga, hurmatli xotin-qizlarimizga, hayotga dadil kirib kelayotgan navqiron yoşlarimizga, doimo ezgu va savob işlar qilib yaşaşga intiladigan butun xalqimizga tayanamiz.
Millati, tili va dinidan qatʼi nazar, inson qadr-qimmati va şaʼnini uluğlaş, har bir fuqaro haqida eʼtibor va ğamxörlik, mehr-muruvvat, saxovat va olijanoblik biz qurayotgan Yangi Özbekiston jamiyatining hayot qoidasi bölib qoladi.
Barçangizni ana şunday olijanob işlarda faol iştirok etişga daʼvat etaman.
Çuqur hurmat-ehtirom bilan,
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti









