Şu haftada bir guruh jurnalistlar “UzAuto Motors” AJ tizimidagi UzSangvu, Avtooyna, Uz-Chasys, Uz-Koji, UzDongVon hamda UzAuto Motors zavodlariga safar qilişdi va ularda amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi
“UzAuto Motors” AJ rahbari R.Rajabovning ÖzA muxbiriga xabar berişiça, joriy yil Özbekiston içki bozoriga bir qator yangi rusumdagi avtomobillar kirib keladi. Çunonçi, sönggi yillarda ança xaridorgir maşinaga aylangan “Cobalt” rusumli avtomobillar örniga yangi model işlab çiqarilişi va şu yil oxirigaça taqdim qilinişi rejalaştirilgan.
Avvalroq endilikda rasman “UzAuto Motors” deb yuritilayotgan zavod tomonidan yangi Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Equinox hamda Chevrolet Traverse rusumidagi avtomobillarning işlab çiqarilişi va joriy yildan sotuvda paydo bölişi haqida xabar qilingandi.
1996 yildan iş faoliyatini boşlagan uşbu zavodda (u turli yillarda Uz-Daewoo Auto, GM Uzbekistan deb yuritilgan) şu kunga qadar jami 3 mln 155 mingdan ortiq maşina işlab çiqarilgan. Özbek avtomobilsozlik sanoati mahsulotlari orasida eng xaridorgiri hamda köp işlab çiqarilgani – bu “Nexia-1” va “Nexia-2” rusumidagi avtomobillar bölib, Asakadagi zavodda bunday avtomobillardan 1 060 715 donasi yiğilgan.
Bugungi kunda ham “Nexia” rusumidagi avtomobillarga talab yuqori. Şu sababli işlab çiqarilişi boşlanganiga köp bölmasa-da, “Nexia-3” rusumidagi avtomobillardan şu kungaça 107 058 donasi öz egalari qöliga yetib borgan.
Darvoqe, yillik quvvati 300 000 donani taşkil etadigan “UzAuto Motors” zavodida joriy yil oxirigaça 250 ming dona avtomobil işlab çiqarilişi rejalaştirilgan. Ötgan yili bu körsatkiç 220 667 donani taşkil qilgandi. Biroq, talab va taklifdan kelib çiqqan holda zavod jamoasi bu yilgi işlab çiqariş hajmini 270 ming donaga yetkaziş imkoniyatiga ega. Bu haqda OAV xodimlari bilan ötkazilgan matbuot anjumanida “UzAuto Motors” AJ boş direktori v.v.b. Rustam Rajabov aytib ötdi.









