Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni avtomobil sanoatini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
Mamlakatimiz avtomobilsozligi ötgan yigirma uç yil mobaynida izçil rivojlanib, içki va taşqi bozorda öz örnini topdi. Joriy yil 1 oktyabrdan imtiyozlar bekor qilinişi bilan uşbu tarmoq ham erkin bozor şaroitiga ötadi. Bu korxonalarda zamonaviy boşqaruv mexanizmlarini joriy etişni, mahsulotlarni bozorbop va raqobatbardoş qilişni talab etadi.
Joriy yilning olti oyida işlab çiqariş ötgan yilning şu davriga nisbatan 154 foizga oşib, 1 trillion söm sof foyda olingan. Qariyb 73 million dollarlik avtomobillar eksport qilingan. Içki bozorda mahalliy avtomaşinalar uluşi 97 foizga yetgan.
Bular yaxşi, albatta. Biroq, gap lokalizatsiya darajasi haqida borganda raqamlar maqtanarli emas. Bu körsatkiç yengil avtomobillar işlab çiqarişda 45 foiz, yuk avtomobillari va avtobuslarda 24 foiz, xolos.
Yiğilişda lokalizatsiya darajasini oşiriş, mahsulot tannarxini kamaytiriş orqali eksportni köpaytiriş masalalari muhokama qilindi.









