Joriy yilgi Haj mavsumida ziyoratçilarga ellikboşilik qilayotgan Toşkent şahar Yakkasaroy tumanidagi “Rakat” jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev vafot etdi. Bu haqda masjidning Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilişiça, imom Madinada betob bölib, komaga tuşib qolgan va bugun, 26 may kuni tongda vafot etgan.
“Madinada bugun, xastalikdan söng Robbim huzuriga omonatlarini topşirdilar. Ilmli, ilmiga amal qilgan inson edilar. Yaqinlariga, şogirdlariga, oila aʼzolariga sabr bersin”, deyiladi xabarda.
Hozirça imomning vafotining aniq sabablari maʼlum emas.
Maʼlumot uçun, Rabbimqul Muhammadiyev 2019 yildan buyon Yakkasaroy tumanidagi “Rakat” jome masjidi imom-xatibi sifatida işlab kelayotgan edi. U oldin Toşkent şahrining Olmazor tumanidagi “Imom Termiziy” masjidida ham imom-xatib bölib işlagan.









