Rossiyada zaharlangan özbekistonlik vafot etdi

Rossiyada zaharlangan özbekistonlik vafot etdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida Özbekiston fuqarosi qöziqorindan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda “Nevskiye Novosti” xabar berdi.

Taxminan 30 yoşlardagi özbekistonlik migrant Şimoliy poytaxt va Leningrad viloyatidagi eng zaharli rangsiz qurbaqasalla qöziqornini isteʼmol qilgan, deydi Sankt-Peterburg soğliq saqlaş qömitasining boş toksikologi Aleksey Lodyagin.

Vafot etgan özbekistonlikdan taşqari yana 2-3 kişi ham öşa qöziqorinlardan isteʼmol qilgan. Biroq, faqatgina u zaharlangan.

Mutaxassisning sözlariga köra, zaharlangan özbekistonlik aynan rangsiz qurbaqasalla qöziqornini isteʼmol qilgani nomaʼlum. Qurbonning taʼrifiga köra, şifokorlar şunday xulosaga kelgan.

×