Hindistonda özbekistonlik ayol vafot etdi

Hindistonda özbekistonlik ayol vafot etdi

Özbekistonning elçixonasi Hindistonning Panjob ştatida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölgan özbekistonlik ayolning jasadini mamlakatga qaytarişda yordam körsatdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.


Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 10 mart kuni Panjob ştati Zirakpur şahrida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida T.M. ismli Özbekiston fuqarosi halok bölgan.

Özbekiston elçixonasi maʼlumotiga köra, hodisa şaxsiy transport vositasi iştirokida sodir bölgan. Panjob ştati vakolatli huquqni muhofaza qiliş organlari aybdorlarni javobgarlikka tortiş maqsadida tegişli tergov-suriştiruv işlarini amalga oşirmoqda.

Özbekiston elçixonasi marhumaning qarindoşlari bilan muntazam aloqada bölib turibdi hamda ularga zarur konsullik-huquqiy yordam körsatmoqda.

Şuningdek, yöl-transport hodisasi böyiça tergov jarayoni nazoratga olingan. Diplomatik vakolatxona T.M.ning yaqinlari va qarindoşlariga oğir judolik munosabati bilan hamdardlik bildirgan hamda marhumaning jasadini mamlakatga qaytariş böyiça zarur çora-tadbirlarni amalga oşirgan.


Teglar:
×