Turkiyaning Istanbul şahrida röy bergan otişma oqibatida bir nafar özbekistonlik halok böldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi maʼlum qildi.
Aytilişiça, voqea joriy yilning 2 sentyabr kuni sodir bölgan. Istanbul şahrida ikki jinoiy guruh örtasida qurolli otişma bölgan. Bu vaqtda voqea joyiga yaqin yerda mehnat faoliyatini olib borayotgan 46 yoşli Özbekiston Respublikasi fuqarosi asli samarqandlik N.Z. ham oğir yaralangan va şifoxonaga olib ketilgan. Körsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan N.Z. vafot etgan.
Qayd etilişiça, mahalliy huquqni muhofaza qiluvçi organlar jinoyat sodir etgan şaxslarni uşlab, ularga nisbatan tergov harakatlarini boşlagan.
Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi mazkur holat yuzasidan tezkor ravişda fuqaroning jasadini Istanbul aeroportidan Samarqand viloyatiga yuboriş uçun uning yaqinlariga amaliy yordam körsatişini bildirgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning iyul oyida AQŞning Nyu-York şahrida özbekistonlik 15 yoşli ösmir otib öldirilgandi. Uning dafn marosimida şahar meri Erik Adams qatnaşdi.









