BMT Boş kotibining gumanitar masalalar böyiça örinbosari Tom Fletçer Ğazo sektoriga öz vaqtida insonparvarlik yordami yetkazilmasa, ikki kun içida 14 ming çaqaloq halok bölişi mumkinligini aytdi.
Taşkilot Ğazo sektorida kuçli jamoaga ega va şuning uçun u bunday raqamlarni qölga kiritişga erişa olgan. Garçi ularning köplari öldirilgan bölsa ham, BMTga köra, hali ham köp odamlar tibbiyot muassasalari va maktablarda qolmoqda. Ular ehtiyojlarni baholaşga harakat qilmoqdalar.
19 may kuni Isroil 11 haftalik blokadani tugatgandan söng Ğazo sektoriga gumanitar yordam olib ketayotgan beş yuk maşinasi ötdi. Ammo ular hali jamoalarga yetib bormagan.
Fletçer 20 may kuni 100 ta yuk maşinasi Ğazoga yetib borişiga umid bildirdi va “Ğazo sektorini gumanitar yordam bilan töldiriş” zarurligini qöşimça qildi.
16 may kuni Isroil mudofaa kuçlari Ğazo sektorida Gideyon aravalari şifrlangan keng kölamli harbiy operatsiya boşlanganini eʼlon qildi. Operatsiyadan maqsad HAMAS taşkilotini yöq qiliş, garovga olinganlarni ozod qiliş va anklavning strategik hududlarida nazorat örnatişdan iborat.
Isroil qöşinlari xavf haqida ogohlantiruvçi va Ğazo sektori şimolidagi aholini evakuatsiya qilişga çaqiruvçi varaqalar tarqatdi. BMT maʼlumotlariga köra, janglar oqibatida 19 mingdan ortiq falastinlik öz uyini tark etişga majbur bölgan.
18 may kuni Boş vazir Netanyaxu Isroil HAMAS bilan “harbiy harakatlarni töxtatiş”ni nazarda tutuvçi kelişuvga oçiq ekanini aytdi. Biroq HAMAS Isroilni uruşni töxtatmoqçi emaslikda ayblaydi. Guruh vakillarining aytişiça, Isroil tomoni jangovar harakatlarni töxtatmasdan garovga olinganlarni ozod qilişni talab qilmoqda.
Isroil harbiylari avvalroq Isroil havo kuçlari duşmanning tayyorgarligini buziş va quruqlikdagi operatsiyaga yordam beriş uçun ötgan haftada Ğazodagi HAMASning 670 dan ortiq nişonlariga zarba berganini maʼlum qilgan edi.
18 may kuni OAV Isroilning Ğazodagi Xon-Yunusga bergan zarbasi natijasida XAMAS yetakçisi Muhammad Sinvar va uning yordamçilari halok bölganini xabar qilgan edi.
19 may kuni Isroil armiyasi Ğazo sektorida keng kölamli quruqlikdagi operatsiya boşlanganini eʼlon qildi va uning maqsadi “vayron bölgan Falastin hududlarida operativ nazoratni qölga oliş” ekani aytildi.









