Isroil AQŞning Ğazoga yordam jönatişini töxtatib qöydi

Isroil AQŞning Ğazoga yordam jönatişini töxtatib qöydi

Isroil moliya vaziri Bezalel Smotriç AQŞdan Ğazo sektoriga un yetkazib berilişini tösib qöydi. Yordam aynan BMTning Falastinlik qoçqinlariga (UNRWA) yetkazilişi lozimligi, Isroil esa yuk HAMASga yetib borişidan xavotirda ekanligi bunga sabab böldi. Bu haqda Axios xabar bergan.

Isroil va AQŞ rasmiylarining bildirişiça, vazir Isroil bojxona xizmatiga yukni UNRWA oluvçi sifatida körsatilguniga qadar olib çiqmaslikni buyurgan. “Isroil Vazirlar mahkamasida yordam HAMASga yetib bormasligi haqida konsensus mavjud va bunga işonçim komil bölişi uçun öz vakolatimdan foydalanaman”, dedi Smotriç.

AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller 13 fevral kuni bölib ötgan brifingda AQŞdan jönatilayotgan un Ğazo sektoridagi 1,5 milliondan ortiq falastinliklarni oziq-ovqat bilan taʼminlaşini aytdi.

Qöşma Ştatlar Isroil hukumati bilan yuk Ğazoga bir martalik yordam sifatida emas, balki bir neça oy davomida doimiy ravişda yetib borişini taʼminlaş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Isroil hukumati un yetkazib berişga ruxsat beriş majburiyatini olganini qöşimça qildi Miller.


×