Oçlikdan ölayotgan Ğazo bolalari uçun ilk yordam yuklari yetib bordi

Oçlikdan ölayotgan Ğazo bolalari uçun ilk yordam yuklari yetib bordi

Keça, 11 haftalik töliq blokadadan söng oçlik iskanjasida qolgan Ğazo bolalari va aholisi uçun birinçi yordam yuklari yetib bordi. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti xabar berdi.

Uşbu yordamlar orasida un, dori-darmon, bolalar ovqati va boşqa zarur mahsulotlar bor. Bu jarayon Isroil hukumatining BMTga yordam yetkazişni çeklangan hajmda tiklaş iltimosi bilan murojaat qilganidan söng boşlangan.

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi (OCHA) vakillari yordam yuklarini Karem-Şalom nazorat punktidan Ğazoga jönatgan. Ularning aytişiça, bu ijobiy qadam bölsa-da, mavjud muammolar fonida bu faqat “dengizdan bir tomçi”.

BMT Boş kotibining gumanitar masalalar böyiça örinbosari Tom Fletçer Isroilni anklavning janubida va şimolida gumanitar yuklarni taşiş uçun boşqa çegara ötiş joylarini oçişga çaqirgan. Dastlab Isroil Ğazoga faqat 9 ta gumanitar yordam uçun kirişni maʼqullagan. Ammo keyinçalik BMT anklavga yana 100 ta yuk maşinasini kiritiş uçun ruxsat olgan.

Ğazodagi vaziyat

Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligining xabariga köra, hududda joylaşgan şifoxona Isroil hujumi ostida qolgan, oqibatda elektr generatorlar zarar körgan va şifoxona vaqtinça faoliyatini töxtatgan. Şu vaqtda binoda 55 kişi, jumladan bemorlar va tibbiy xodimlar bölgan.

Yana bir xabarga köra, Isroil harbiylari Nuseyrat hududidagi maktabga aviazarba bergan. Hodisa oqibatida 7 kişi halok bölgan, bir neçta odam yaralangan. Qurbonlar orasida BMTning BAPOR taşkilotida işlovçi ikki öqituvçi ham bor. Umuman, Ğazodagi bu taşkilot xodimlaridan 300 dan ortiği halok bölgan.

Isroil qömondonligi yana 26 hududdagi aholini köçirişni buyurgan. Bu hududlar Ğazoning şimoliy qismida joylaşgan bölib, sektorning 10 foizini taşkil etadi.

BMT hisob-kitoblariga köra, joriy yilning 15 may kunidan beri Ğazoning janubida 57 mingdan ortiq odam köçirilgan. Şimolda esa bu raqam 81 ming kişiga yetgan.

Qolaversa, hududda yoqilği tanqisligi tufayli içimlik suvi va sanitariya inşootlari işlamayapti. Ayniqsa, şimoliy hududlarda butunlay yoqilği qolmagan. Ötgan hafta faqat zaruriy haftalik zaxiraning yarmi yetkazilgan. Oqibatda quduqlarning işlaş vaqti qisqargan, ularning töliq töxtaşi ehtimoli juda yuqori.


×