Soğliqni saqlaş vazirligining xabar berişiça, 2020 yil 4-may kuni Namangan viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan bemor soğaydi. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmalari masʼullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Namanganda soğayganlarning barçasi uşbu viloyatdan (9 nafari Namangan şahridan, 3 nafari Uçqörğon tumanidan, 2 nafari Norin tumanidan, 1 nafardan Çust, Namangan va Uyçi tumanlaridan) bölib, ular koronavirusga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olişgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 11 nafari ayol bölib, ular orasida eng yoşi kattasi 48 yoşda bölsa, ikki nafar eng yoşi kiçigi 2019 yilda tuğilgan. Samarali davolaş muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekşiruvlari ularning darddan butunlay foriğ bölganini körsatdi.
Samarqandda tuzalganlardan 1 nafari (ayol) 37 yoşda bölib, Samarqand şahridan. Yana 1 nafari (erkak) ham 37 yoşda bölib, Toyloq tumanidan. Ular koronavirusga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olişgan. Viloyatda şu vaqtgaça 22 nafar bemor tuzalgan bölsa, endilikda ularning soni 24 nafarga yetdi.
Şuningdek, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan 9 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan 8 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan bemor butunlay soğaydi. Ular Soğliqni saqlaş vazirligi masʼullari iştirokida Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan soğayganlarning 7 nafari Toşkent şahridan, Buxoro va Toşkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 8 nafari koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangaç, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ular orasida eng yoşi kattasi 61 bölsa, eng yoşi kiçigi 9 yoşda.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangaç, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bölsak, poytaxtimiz va Toşkent viloyatidan 3 nafardan, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Jizzax viloyatidan 1 nafardan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoşi kattasi 58 bölsa, eng yoşi kiçigi 10 yoşda.
Şuningdek, Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasidan navbatdagi 6 nafar bemor butunlay soğayib, Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Soğayganlarning 3 nafari Toşkent şahridan, Sirdaryo, Namangan va Toşkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 1 nafari Rossiyadan Qozoğistondan orqali, yana 1 nafari Qozoğistonning özidan, yana 1 nafari esa Turkiyadan yurtimizga kelişgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangaç, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bölib, eng yoşi kattasi 62 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 19 yoşda.
Şunday qilib, bugun ayni paytga qadar 51 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz böylab koronavirus infektsiyasidan butunlay soğayganlar soni 1370 nafarga yetdi.









