Ukraina sobiq prezidentining yordamçisi otib ketildi

Ukraina sobiq prezidentining yordamçisi otib ketildi

Ispaniyaning Madrid şahrida ukrainalik siyosatçi va sobiq prezident Viktor Yanukoviçning yordamçisi Andrey Portnov otib öldirildi. Bu haqda “El Pais” xabar berdi.

Maʼlumotlarga köra, Portnov voqea sodir bölgan paytda farzandlarini maktabga olib borayotgan edi. Manba xabariga köra, nomaʼlum qurollangan şaxs (yoki bir neça kişi) Portnovni Madridning Posuelo tumanida joylaşgan Amerika maktabi oldida ertalab otib ketgan. Politsiyaga hodisa haqida soat 9:15 da qönğiroq bölgan. Erkakka bir neça marta öq uzilgan.

Hozirda Ispaniya politsiyasi suiqasd ortida kim turganini aniqlaş böyiça tergovni boşlagan.

“The Independent” naşrining yozişiça, Andrey Portnov Ukrainadagi siyosiy rejim almaşganidan söng, Yevropa Ittifoqi va Kanada tomonidan sanktsiyalar röyxatiga kiritilgan. U sobiq hokimiyat vakili sifatida Ğarb tomonidan tanqid ostiga olingan.

Maʼlumot uçun, Portnov 1973 yilning 27 oktyabrida Lugansk şahrida tuğilgan. Yuridik maʼlumotga ega bölib, 2006 yilda Yuliya Timoşenko bloki safida xalq deputati etib saylangan. U 2008 yilda fraktsiya rahbarining örinbosari, keyinroq “Batkivşina” partiyasi aʼzosi bölgan va huquqiy bölimni boşqargan.

2010 yilda prezident maʼmuriyatida yuqori lavozimni egallagan Portnov 2013 yilda Viktor Yanukoviçning maslahatçisi, keyinçalik birinçi örinbosariga aylangan. 2014 yil fevral oyida hokimiyat özgargaç, u işdan böşatilgan va Ukrainadan qoçib ketgan. Avval Rossiyaga, söngra Avstriyaga köçgan. 2019 yilda Ukrainaga qaytgan, biroq Rossiya bilan uruş boşlanganidan keyin yana çet elga çiqqan edi.


×