Qirğiziston prezidentining öğli siyosatga aralaşadimi?

Qirğiziston prezidentining öğli siyosatga aralaşadimi?

Qirğizistonlik deputat Dastan Bekeşev mamlakat prezidenti Sadir Japarovning öğli Rustam siyosiy platforma qurişga urinayotgani va Bişkekdagi turli qahvaxonalarda potentsial nomzodlar bilan uçraşuvlar ötkazayotganini aytdi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.

Foto: Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati

Xalq deputatining fikriça, mazkur holat xavotir uyğotadi. U davlat rahbarining öğli siyosatga aralaşmasligi va bosim ötkazmasligi kerakligini aytgan.

«Biz ikki nafar sobiq prezident (Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyev) tajribasida hammasi qanday tugaganini bilamiz. Umid qilamanki, bizning prezidentimiz buni töxtatadi va oilaviy kengaşda ular oqilona qaror qabul qiladi», — degan deputat. Öz navbatida, Qirğiziston prezidenti administratsiyasi deputatning mazkur bayonotiga munosabat bildirgan.

«Sadir Japarov qarindoşlarining siyosiy jarayonlarda iştiroki borasidagi pozitsiyasi özgarişsiz qolmoqda. Davlat rahbari ilgari bir neça bor yaqin qarindoşlaridan heç kim siyosiy jarayonlarga aralaşişiga, şuningdek, davlatning yuqori lavozimlarini egallaşiga yöl qöymasligini taʼkidlagan», — degan prezident matbuot kotibi Erbol Sultanbayev.

Avvalroq Qirğiziston prezidentini xon deb eʼlon qiliş taklif qilingani haqida xabar berilgandi. Şuningdek, Qirğiziston prezidentiga mamlakat aholisining neça foizi işonişi maʼlum bölgan. Hamda Sadir Japarov Özbekiston bilan çegaradagi muammolar hali hal qilinmaganini aytgan.

×