Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroşenko davlatga xiyonatda gumonlanmoqda

Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroşenko davlatga xiyonatda gumonlanmoqda

Ukraina prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Pyotr Poroşenkoga qarşi jinoiy iş qözğatdi. U davlatga xiyonatda ayblanmoqda. Poroşenko 2014-15 yillarda Rossiya foydasiga xizmat qilgan işni amalga oşirib, rusparast ayirmaçilar egallab olgan Donbassdan kömir sotib olişiga ruxsat bergani aytilmoqda.

Ukraina Davlat qidiruv byurosi xabariga köra, ayni damda Oliy Rada deputati bölgan Poroşenkoga ustidan iş oçilgani böyiça xabar yuborilgan. Ayblovda DXR (Donetsk xalq respublikasi) va LXR (Lugansk xalq respublikasi) terrorçilik taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş va terrorizmni moliyalaştiriş bandlarini ham uçratiş mumkin.

«Ukraina beşinçi prezidenti Rossiya Federatsiyasi yuqori mansabdorlari bilan aloqada bölgan holda DXR va LXR terrorçilik taşkilotlarining faoliyati uçun şaroit yaratib berişda gumonlanmoqda», deyiladi byuro saytida.

Darvozaga qistirib ketişgan

Poroşenkoning advokatlariga köra, suriştiruv boşlangani haqida maʼlumotnoma sobiq prezident uyining darvozasiga qistirib ketilgan. Advokatlar bu noqonuniy harakat ekani va bunga qarşi daʼvo arizasi kiritilişini aytmoqda.

«Ikki soat avval Pyotr Poroşenkoning uyiga prokuratura xodimlari kelib qöriqçilardan uning uyda yoki yöqligini söragan. Göyoki janob Poroşenko ayni damda Polşada korferentsiyada ekanini bilmagandek. Şu asnoda uyning darvozasiga «DXRdan kömir olib keliş işida» gumonlanuvçi sifatida 23 dekabr kuni söroqqa çaqirilgani töğrisida maʼlumotnoma qistirib ketişgan», deb yozdi Poroşenkoning advokati Ilya Novikov feysbukdagi sahifasida.

Advokat postga Poroşenkoning uyida qoldirilgan maʼlumotnomaning suratini ham ilova qilgan. Unda yozilişiça, sobiq prezident Ukraina jinoyat kodeksining 111-modda 1-qismi (davlatga xiyonat) va 258-3-modda 1-qismi (terrorçilik taşkiloti tuziş) bilan ayblangan.

Davlat qidiruv byurosi vakillari 17 dekabr kuni Rada binosida Poroşenkoga yuqoridagi maʼlumotnomani bermoqçi bölgan, ammo sobiq prezident uni olişdan boş tortib, ketib qolgan. Hozirda Polşada bölib turgan Poroşenko keyinçalik Turkiyaga ham boradi. U yetakçilik qiladigan «Yevropaça birdamlik» partiyasining maʼlum qilişiça, Poroşenko qoçib ketgmagan, u rejalaştirilgan safarda bölib turibdi va albatta mamlakatga qaytadi.

«Kömir işi»

Ukraina prokuraturasining maʼlum qilişiça, rossiyalik yollanma harbiylar Donetsk va Lugansk viloyatlarining bir qismini egallab olgaç, Ukraina jahon bozoridan kömir sotib olişga majbur bölgan. Xususan, JARdan. Ammo Rossiya Ukraina yuqori mansabli mulozimlariga aloqaga çiqib, mamlakat energiya tizimidagi taʼsirini qölga oliş maqsadida JAR bilan kelişuv bekor qilinişiga harakat qilgan. 

Rossiyaga bu rejani amalga oşirişda ukrainalik siyosatçi Viktor Medvedçuk va şaxsan mamlakat prezidenti Pyotr Poroşenko yordam bergani gumon qilinmoqda. «Kömir işi» joriy yil oktyabr oyidayoq oçilgandi. Ukraina xavfsizlik xizmati bu borada bir neçta audiolarni qölga kiritgan. Ularda Viktor Medvedçuk va Ukraina prezident administratsiyasi rahbarining örinbosari Dmitriy Kozakning ovoziga öxşaş ovoz kömir böyiça şartnomalar haqida gapirgan. «Medvedçukka öxşaydigan ovoz» köp marta Pyotr Poroşenko nomini tilga olgan.

Öz navbatida siyosatçi Viktor Medvedçuk moliyaviy terrorda qatnaşganini rad etgan. Poroşenko yetakçiligidagi «Yevropaça birdamlik» partiyasi apparat rahbari Aleksandr Turçinov egallab olingan hududlardan kömir olib keliganini rad etmagan holda bu davlatga xiyonat emasligini aytgan. «Gap uruş holatidagi Ukrainani 2014-15 yillarda kömir bilan taʼminlaş haqida ketmoqda», degan Turçinov.

Pyotr Poroşenko ustidan birinçi marta iş oçilayotgani yöq. Vladimir Zelenskiy hukumat tepasiga kelgaç, Poroşenkoning ustidan önlab iş oçildi. Turçinovning fikriça, bu galgi oçilgan işda ham avvalgilari kabi heç qanday natija çiqmaydi.

«Zelenskiy boşçiligidagi hukumat Yanukoviçning harakatlarini takrorlab, raqiblariga qarşi kuraşmoqda. Oxir-oqibat ular ham Yanukoviç kabi qulasa, ajablanmayman», degan Turçinov.

Ukrainaning beşinçi prezidenti Pyotr Poroşenko 2014 yildan 2019 yilgaça mamlakatni boşqargan. U 2019 yil ötkazilgan saylovlarda ikkinçi marta prezidentlikka nomzodini qöyib, Vladimir Zelenskiyga imkoniyatni boy bergan edi.

×