Janubiy afrikalik boksçi, ikki vazn toifasida sobiq jahon çempioni Zolani Tete 38 yoşida Janubiy Afrikada otib öldirildi. Bu haqda “Daily Mail” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, fojia keça, 21 avgust kuni keçqurun Şarqiy Keyp provintsiyasining Mdantsane şahrida sodir bölgan.
Politsiya maʼlumotlariga köra, Tete uyiga yaqinlaşib, darvoza oçilişini kutayotganida, ikki nafar qurollangan şaxs unga hujum qilgan.
Tete hovliga kirişga uringan, ammo olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Uning 27 yoşli şerigi esa bir neça öq jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan. Hujumçilar voqea joyidan qoçib ketgan.
Maʼlumot uçun, Tete faoliyati davomida Jahon boks taşkiloti (WBO)ning yengil vazn toifasidagi hamda Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) super yengil vazn toifasidagi jahon çempionlik kamarlarini qölga kiritgan.
2017 yil 18 noyabr kuni u vatandoşi Siboniso Gonyani 11 soniyada nokautga uçratib, jahon çempionlik jangidagi eng tezkor nokaut rekordini örnatgan.
Tete 2022 yildan buyon rasmiy janglarda iştirok etmagan. U dopingga qarşi qoidalarni buzgani uçun olgan tört yillik diskvalifikatsiyasini iyul oyida ötab bölgan va şundan söng professional ringga qaytişni rejalaştirgan edi.









