Özbekiston Hukumati fuqarolarining Amerika Qöşma Ştatlari hududiga kirişi böyiça viza talablarini yengillaştiriş ustida işlaşi belgilandi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 15 may kuni imzolangan “2025-2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin köpaytiriş va turistik xizmatlar kölamini jadal kengaytiriş orqali turizmning iqtisodiyotdagi örni va ahamiyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida aytilgan.
Farmonda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligiga 3 oy muddatda AQŞ fuqarolari uçun Özbekiston Respublikasi hududiga 30 kunlik muddatga vizasiz kiriş rejimini joriy qiliş hamda Özbekiston Respublikasi fuqarolariga Amerika Qöşma Ştatlari hududiga kiriş uçun viza talablarini yengillaştiriş yuzasidan muzokaralar boşlaş va yakuni böyiça taklif kiritiş belgilangan.
Şuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston va Ozarbayjon fuqarolari uçun Özbekiston hududiga içki hujjat yoki ID-karta, şu jumladan, 16 yoşga tölmagan fuqarolarga “kinder pasport” bilan 30 kungaça kiriş rejimi joriy qilinadi.
AQŞga borayotgan özbeklar
Maʼlumot uçun, Özbekistonliklar Green card lotoreyasi yutiş orqali AQŞda yaşaş huquqini qölga kiritiş böyiça dunyoda yetakçi uçlikka kiradi. Har yili 5000 dan ziyod özbekistonlik uşbu huquqni qölga kiritadi. Boşqa tomondan Özbekiston AQŞga noqonuniy kirib boruvçilar, ayniqsa, Meksika orqali yaşirin va xavfli yöllar bilan migratsiyani amalga oşiruvçilar borasida ham peşqadam.
Tramp maʼmuriyati esa saylovoldi rejalarda vaʼda qilinganidek, joriy yilning birinçi yarmida 1 milliongaça muhojirni deportatsiya qilmoqçi. Joriy yilning mart oyi oxirigaça 100 mingdan ortiq muhojir çiqarib yuborilgan. Bir yil içida 400 mingdan ortiq deportatsiya böyiça avvalgi rekord 2009 yilning yanvaridan 2017 yilning yanvarigaça – 44-prezident Barak Obama davrida örnatilgan edi.
Deportatsiya masalasida AQŞ allaqaçon özbekistonliklarni ham ogohlantirişga ulgurgan. Aprel oyida boşida AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Xenik murojaat bilan çiqib, AQŞda noqonuniy bölib turgan minglab özbekistonliklarni öz ixtiyori bilan Özbekistonga qaytişga çaqirgan edi, aks holda ular AQŞda qamoqqa olinişi yoki deportatsiya qilinişi mumkin.









