Özbekiston fuqarolarining şaxsiy maʼlumotlarini mamlakatda saqlaş majburiy böladi

Özbekiston fuqarolarining şaxsiy maʼlumotlarini mamlakatda saqlaş majburiy böladi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 yanvar kuni «Şaxsga doir maʼlumotlar töğrisida»gi qonunga qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonunni imzoladi.

Hujjat 27-1 modda — «Özbekiston Respublikasi fuqarosining şaxsiy maʼlumotlarini qayta işlaşning alohida şartlari» bilan töldirilgan.

Özgartirişlarga köra:

Özbekiston fuqarolarining şaxsiy maʼlumotlari jismoniy jihatdan Özbekiston hududida joylaşgan va Davlat reyestrida röyxatdan ötgan texnik vositalar yordamida qayta işlanişi kerak;
maʼlumotlarni lokalizatsiya qiliş talabi axborot texnologiyalari, şu jumladan, internet orqali maʼlumotlarni qayta işlaşga taalluqli;
maʼlumotlarni lokalizatsiya qiliş, yiğiş, tizimlaştiriş va saqlaş talabi mulkdorda yoki operatorning zimmasida hisoblanadi.
Özgartirişlar uç oy içida — aprel örtalaridan boşlab kuçga kiradi.

«Şaxsga doir maʼlumotlar töğrisida»gi qonun ikki yil oldin — 2019 yilning yanvarida qabul qilingan va öşa yilning 1 oktyabridan kuçga kirgan.

Şaxsiy maʼlumotlar maʼlum bir şaxsga tegişli bölgan, uni aniqlaşga imkon beradigan elektron, qoğoz va (yoki) boşqa moddiy vositada yozilgan maʼlumotlarni anglatadi

×