Özbekiston FIFA’dan 7,5 mln dollar olişi mumkin

Özbekiston FIFA’dan 7,5 mln dollar olişi mumkin

Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksandr Çeferin FIFA prezidenti Janni Infantinoni taşkilotning 211 ta aʼzo assotsiatsiyasining har biriga, jumladan, Özbekiston futbol assotsiatsiyasiga ham 7,5 million dollardan mablağ ajratişga çaqirdi. Bu haqda “Mirror” naşri xabar berdi.

“FIFA, albatta, moliyaviy jihatdan barqaror bölib qolişi, mavjud majburiyatlarini bajarişi va yetarli zaxiralarni saqlaşi kerak. Bizning tahlilimiz ham bu jihatlarni töliq hisobga oladi. Biroq FIFA hozirda milliardlab dollarlik jamğarilgan zaxiralarga ega. Bu mablağlar futbolga tegişli bölib, öyin va uning 211 ta aʼzo assotsiatsiyasi manfaatlariga xizmat qilişi kerak”, deydi Çeferin.

UEFA rahbari ehtiyotkorlik FIFA zaxiralarining bir qismini taşkilotning prognoz qilingan ehtiyojlaridan ortiq bölgan holatda futbol rivoji uçun masʼuliyatli tarzda işlatiş imkoniyatini körib çiqişga tösqinlik qilmasligi kerakligini aytgan.


Avvalroq, joriy yilning iyul oyida Janni Infantino FIFA’ning asosiy musobaqalarini boşqaradigan alohida kompaniya taşkil etiş rejasini ilgari surgani maʼlum bölgan edi. Uning fikriça, FIFA Forward Enterprise kompaniyasini taşkil etiş aʼzo assotsiatsiyalarning daromadlarini oşiriş va dunyo böylab futbol rivojiga hissa qöşişi mumkin.

FIFA maʼlumotlariga köra, mazkur taşabbus 4,2 milliard dollar miqdorida mablağ jalb qilişi mumkin. Biroq loyiha rasmiylar, federatsiyalar va boşqa taşkilotlar tomonidan tanqid qilindi.

Maʼlumot uçun, 56 yoşli Janni Infantino 2016 yil fevral oyidan beri FIFA rahbari sifatida faoliyat yuritib keladi.


Teglar:
×