Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2027-2030 yillarda taşkilotga aʼzo 211 ta milliy assotsiatsiyaning har biri uçun, jumladan, Özbekiston futbol assotsiatsiyasiga ham ajratiladigan mablağni 25 million dollargaça oşirişni taklif qildi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar berildi.
Mazkur taklif keça, 15 oktyabr kuni taşkilot rahbariyati yiğilişida taqdim etilgan. Yangi taşabbusga köra, kelgusi tört yil davomida futbolni rivojlantirişga yönaltiriladigan investitsiyalar hajmi ikki barobardan köproqqa oşirilib, 6,35 milliard dollarga yetkazilişi rejalaştirilgan.
Uşbu maqsadda FIFA zaxiralarining bir qismidan foydalaniş közda tutilgan. Qayd etilişiça, taşabbusni amalga oşiriş imkoniyatiga 2026 yilgi Jahon çempionatidan kelgan yuqori tijorat daromadlari ham zamin yaratgan.
Mablağlarni taqsimlaş rejasi FIFA’ning tegişli qömitalari tomonidan puxtalaştiriladi. Şundan söng, taklif 2026 yil dekabr oyida taşkilot Kengaşi tomonidan körib çiqiladi.
Taşabbusni yakuniy tasdiqlaş esa 2027 yil mart oyida bölib ötişi rejalaştirilgan FIFA’ning 77-kongressida amalga oşirilişi kutilmoqda.









