Röyxatda Özbekiston ham bor: AQŞ sudi 75 davlatga viza çeklovini bekor qildi

Röyxatda Özbekiston ham bor: AQŞ sudi 75 davlatga viza çeklovini bekor qildi

AQŞ federal sudi Prezident Donald Tramp maʼmuriyatining Özbekiston ham kirgan 75 davlat fuqarolariga immigrant vizalarini berişni töxtatib qöygan siyosatini noqonuniy deb topib, bekor qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.



Naşrning yozişiça, Sudya AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio mazkur siyosatni joriy etiş orqali özining qonuniy vakolatlaridan oşib ketganini taʼkidlagan.

Davlat departamenti tomonidan yanvar oyida joriy etilgan siyosat Braziliya, Kolumbiya, Urugvay, Bosniya va Gersegovina, Albaniya, Pokiston hamda Bangladeş kabi davlatlar fuqarolariga taʼsir körsatgan. Şuningdek, Afrika, Yaqin Şarq va Karib havzasidagi qator davlatlar ham röyxatga kiritilgan.

AQŞ hukumati mazkur çeklovni uşbu davlatlardan kelayotgan immigrant vizasi talabgorlarining AQŞ federal, ştat va mahalliy resurslariga tayanib qoliş xavfi yuqori ekani bilan izohlagan.

Sudya Vargas qarorda siyosat immigrant vizalarini talabgorning fuqaroligiga qarab ommaviy ravişda taqiqlagani AQŞ immigratsiya qonunçiligida belgilangan tartibga zid ekanini qayd etgan. U Davlat kotibining konsullik xodimlariga immigrant vizalarini körib çiqişni bunday tarzda töxtatiş vakolatiga ega emasligini bildirgan. Qaror immigrantlar huquqlarini himoya qiluvçi taşkilotlar hamda vizaga murojaat qilgan şaxslar va AQŞ fuqarolari tomonidan berilgan daʼvo doirasida çiqarilgan.

Sudyaning qarori Tramp maʼmuriyatining immigratsiya siyosatiga qarşi navbatdagi muhim sud qarori böldi. Maʼmuriyat immigratsiya böyiça qatʼiy çoralarni mamlakat xavfsizligini taʼminlaş zarurati bilan izohlamoqda. Huquq himoyaçilari esa ayrim çoralar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga zarar yetkazayotganini taʼkidlamoqda. Davlat departamenti hozirça sud qaroriga munosabat bildirmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Davlat departamenti 175 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qilgandi. Ularning aksariyati jinoyat sodir etgani yoki viza şartlarini buzgani sababli mamlakatga kiriş huquqidan mahrum qilingani haqida xabar berilgan edi.


×