Qozoğistonga Markaziy Osiyodagi eng qudratli superkompyuter olib kelindi

Qozoğistonga Markaziy Osiyodagi eng qudratli superkompyuter olib kelindi

Qozoğistonga Markaziy Osiyodagi eng qudratli, işlaş quvvati taxminan 2 ekzaflopsni (kompyuter tezligini ölçovçi birlik) taşkil etuvçi superkompyuter olib kelindi. Bu haqda Qozoğiston Respublikasi Raqamli rivojlaniş, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi xabar berdi.

Unga köra, uşbu superkompyuter Markaziy Osiyo mintaqasida tarixda birinçi bölib işga tuşirilgan superkompyuter klasteri hisoblanadi. Klaster maxsus sunʼiy intellekt va yuqori samarali hisoblaş vazifalari uçun işlab çiqilgan eng zamonaviy NVIDIA H200 grafik çiplarida yiğilgan.

Superkompyuter Tier III darajadagi işonçlilikka ega vazirlikning yangi maʼlumotlar markazida örnatiladi va işga tuşiriladi. Superkompyuter resurslari hammaga oçiq böladi. Ulardan neyron tarmoqlarni öqitiş uçun quvvatga muhtoj startaplar, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boruvçi universitetlar, ilmiy markazlar hamda sunʼiy intellektni biznes jarayonlariga olib kirayotgan kompaniyalar foydalanişi mumkin böladi.

Vazirlik xabarida uşbu superkompyuter yetkazib berilişi Qozoğistonda yuqori samarali hisoblaş ekotizimini rivojlantirişga yöl oçgani va Qozoğiston ilk bor yuqori texnologiyali uskunalarni bojxona bojlari va qöşilgan qiymat soliğisiz olib kiriş mexanizmini yölga qöyilgani qöşimça qilingan. 


×